So’nggi yangiliklar

16:21Жоау Феликс яна "Челси"га ўтиши мумкин  0 15:55"Олимпик Mobi-Uz" ҳимоячилари, "Қўқон-1912"га ғалаба келтирган украиналик футболчи — Про лига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 15:35"Бунёдкор" футболчиси деярли 1000 кундан сўнг Суперлигада гол урди  1 15:10"Реал" XXI асрда 14 финалнинг ҳаммасида зафар қучган. УЕФА Суперкубоги учун баҳс натижаси қандай бўлади?  4 14:47Муборакдаги ўйин қаҳрамони, "Қўқон-1912" дарвозабони ва мураббийи - Про лига 15-тур лауреатлари  1 14:35"Бунёдкор" чемпионатдаги иккинчи ғалабасини "Андижон" устидан қўлга киритган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:07Қатар клуби футболчининг трансфери учун пулни фирибгарларга жўнатди  2 13:39Мбаппе УEФА Суперкубоги ўйинида асосий таркибга киритилмаслиги мумкин  4 13:11"Арсенал" ҳимоячиси янги мавсумнинг дастлабки ҳафталарини ўтказиб юборади  1 12:44Жасур Жалолиддинов қаерда?  15 12:26ОКМК – "Навбаҳор" беллашуви "Спорт" телеканали орқали намойиш қилинмайди  14 12:09Кучли бешлик чемпионатлари старт олмоқда. Учрашувларни қайси телеканал кўрсатади?  36 11:37"Олтин тўп"га даъвогар футболчи Саудия Арабистонидан тушган йирик таклифни қабул қилмади  6 11:06"Челси" сардори мавсум бошланмасидан жароҳат олди  2 10:40Англиянинг 90 йиллардаги энг яхши футболчилари рўйхати тузилди  1

"Olmaliq": "Buxoro" bilan bahsga doir Yangiliklar

"Olmaliq": "Buxoro" bilan bahsga doir

Teglar :  BuxoroOlmaliq
"Olmaliq"ning Buxoro shahri jamoasiga qarshi o'tkazgan o'yinlari 15taga etdi.

Ortga nazar tashlagan holda, bu jamoalarning o'zaro o'yinlari statistikasidan bazi malumotlarni hukmingizga havola etamiz.

Jamoamiz "Buxoro" bilan o'tkazgan 15 uchrashuvidan 8tasida g'alaba qozongan, 2 uchrashuvda durang qayd etilgan va 5 o'yinda mag'lubiyatga uchragan. To'plar nisbati 29-16 jamoamiz foydasiga. O'zaro o'yinlarda jamoamizning eng yirik g'alabasi 6:1 bo'lsa, raqib jamoa hisobida yirik g'alaba qayd etilmagan.

Har ikki jamoa safida o'ynagan futbolchilar haqida ham qiziq malumotlar mavjud. O'tgan mavsum "Buxoro"ni o'z maydonida yirik 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratilishida katta hissa qo'shgan Salamat Qutiboev va SHavkat Salomov bu gal jamoamizga raqib sifatida maydonga tushdi. Turli yillarda goh u, goh bu jamoa safida Saidkomil Akbarov, Dilyaver Abibullaev, Abduqahhor Hojiakbarov, Andrey Vlasichev, SHuhrat Musaev, Abdurazzoq Jo'raev, Georgi Kviseshvili, Arturas Fomenkolar ham maydonga tushishgan.

Uchrashuvni boshqarib borgan Aziz Asimovning ham bu ikki jamoa o'rtasida o'ziga xos statistikasi mavjud. Asimov kecha bo'lib o'tgan o'yinni hisobga olganda uchinchi marta bu ikki jamoa qarama-qarshiligida hakamlik vazifasini o'tadi. Avvalgi ikki o'yin Olmaliq shahrida o'tgan bo'lib, 2013 yil 5 oktyabrda "Olmaliq" 3:2 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, 2015 yil 12 sentyabr kuni o'tgan bahsda 1:1 hisobida durang qayd etilgan. Etiborli jihati, avvalgi har ikki o'yinda Asimov sariq kartochkalar bilan bir qatorda qizil kartochkadan ham foydalangan. 2013 yil 8 futbolchiga sariq kartochka ko'rsatish bilan birga Sanjar SHoahmedov va Alisher Mahmudovga qizil kartochka ko'rsatgan. O'tgan yil 3 marta sariq kartochka va "Olmaliq" azosi Sahob Jo'raev maydondan chetlatilgandi. Asimov bu gal 6 futbolchini ogohlantirish bilan cheklandi. Umumiy hisobda "Buxoro"ning o'z maydonida Aziz Asimov tomonidan boshqarilgan o'yinlar soni 6ta bo'lib, shundan 4tasida buxoroliklar g'alaba qozonishgan va 2 o'yinda durang qayd etilgan. Asimovning Buxorodagi ilk o'yini 2013 yil "So'g'diyona" bilan 4:1, "Metallurg" bilan 3:1, 2014 yil "Paxtakor" bilan 0:0, 2015 yil "Dinamo" bilan 1:1, "Neftchi" bilan 3:1 va 2016 yil "Olmaliq" bilan 2:0. "Olmaliq"ning safar o'yinlarida Asimov ikkinchi marta hakamlik qildi. 2014 yil Bekobodda jamoamiz 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchragandi. Ikkinchi o'yin ham mag'lubiyat bilan yakun topdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика