So’nggi yangiliklar

09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  0 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  3 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  21 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0

Marko Kolakovich: "Yangi mavsumda "Buxoro" bilan yuqori o'rinlarni ko'zlaganmiz" Yangiliklar

Marko Kolakovich: "Yangi mavsumda "Buxoro" bilan yuqori o'rinlarni ko'zlaganmiz"

"Buxoro" bir yillik tanaffusdan so'ng joriy mavsumda Superligada ishtirok etadi.

Ulug'bek Bakaev boshqargan jamoalar odatda doim yuqori o'rinlar uchun kurashib kelgan. "Buxoro" ham bu mavsumda katta marralarni zabt etishga hozirlik olib bormoqda. Antaliyada davom etayotgan mashg'ulotlar, nazorat uchrashuvlari bu borada tayyorgarlikni yanada maromiga etkazishi turgan gap. Jamoaning serbiyalik himoyachisi Marko Kolakovich bu borada fikrlarini bildirdi. 


"Tayyorgarlik juda alo darajada olib borilmoqda. Quvonarlisi bu erda mashg'ulotlar uchun hamma sharoit yaratilgan. Tiklanish uchun ham qulay. Bundan tashqari sifatli jamoalar bilan nazorat uchrashuvlari o'tkazmoqdamiz. Shu o'rinda klub rahbariyatiga yaratib berilgan sharoit va ishonch uchun rahmat aytaman. 

Yangi kelgan futbolchilar tezda moslashib ketishdi, chunki ular Bakaevning talablarini juda yaxshi bilishadi. Aksariyati avval uning qo'l ostida to'p tepgan. Bakaev boshqargan jamoalarda kayfiyat va ichki muhit yuqori cho'qqida bo'lgan. Bu narsa moslashishda yordam beradi. 

Maqsadimiz ko'proq ochko jamg'arish va yuqori o'rinlarni egallash. Afsuski, o'z maydonimizda o'ynamaymiz. Buxoro shahri, xalqi o'z uyida raqiblarni qabul qilishni istaydi. To'g'risini aytganda qura oddiy kelgani yo'q. OKMKning kuchli tomonlarini bilamiz, Superliganing etakchi jamoalaridan biri. Lekin bu bizni ikki hissa kuch bilan o'ynashga undaydi",- deydi Kolakovich.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика