Marko Kolakovich "So'g'diyona"ni tark etdi

Iskandarov Abdulaziz
14 dek 2023
Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi tarkibida o'zgarishlar davom etmoqda.

Serbiyalik himoyachi Marko Kolakovich jamoani tark etdi. U o'tgan mavsumda jizzaxliklar tarkibida Superligada 24ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urdi. O'zbekiston kubogida 3ta o'yinda 2 bor raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Marko Kolakovich "So'g'diyona" tarkibiga 2020 yil kelib qo'shilgan edi. Shu vaqt ichida himoyachi jamoa bilan Superligada kumush medallarini qo'lga kiritdi va OFK kubogida qatnashdi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia