So’nggi yangiliklar

21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  0 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  0 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" - ОКМК  13 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  1 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  5 17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  0 17:01Эшитдик-да! "Насаф" ҳужумчиси клубни тарк этмоқда   17 16:28Сардор Абдураимов: "Чемпионатдаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш олдик"  5 16:19Саутгейт рицарлик унвонига сазовор бўлди  0 15:36"Машъал" "Нефтчи"ни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган ўйиндан галерея  3 15:20"Арсенал" 5 миллион фунтга "Челси"дан Кепани сотиб олади  2 15:05Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди  12 14:40Жамшид Ҳасанов: "Ўзбекистон Кубогини ким ютади? Мен учун "Машъал" фаворит"  2

OLIY LIGA. "Andijon" safarda o'zini ko'rsata oladimi? Yangiliklar

OLIY LIGA. "Andijon" safarda o'zini ko'rsata oladimi?

Teglar :  AndijonBunyodkor
Bugun oliy liganing 13-turiga start beriladi. Bugunning o'zida mazkur turdan o'rin olgan uchta bahs bo'lib o'tadi.

Toshkentning "Bunyodkor" klubi o'z maydonida "Andijon"ni qabul qiladi.

Oliy liga, 13-tur. 20 iyun
BUNYODKOR - ANDIJON

Boshlanish vaqti:
19:00
Bosh hakam: Naim Qosimov (Qarshi)

Turnir jadvalidagi o'rni: "Bunyodkor" 2-o'rinda (30 ochko), "Andijon" 14-o'rinda (9 ochko).
Ochkolar orasidagi farq - 21 ochko.

Tarif: CHempionlik uchun kurashayotgan va oliy ligada qolish uchun harakat qilayotgan jamoalar bahsi. Bu o'yinda shubhasiz maydon egalarining imkoniyati yuqori baholanmoqda. Avvalgi turda "Metallurg" bilan durang o'ynagan "Bunyodkor" bu safar o'z maydonida "Andijon"ni mag'lub etishga urinib ko'radi. "Andijon" safarda jiddiy qarshilik ko'rsata oladimi? Buni esa albatta vaqt va o'yin ko'rsatadi.

Fakt: "Bunyodkor" Toshkentdagi bahslarda hali mag'lub bo'lgani yo'q, "Andijon" esa safarda g'alaba qozona olmayapti. "Andijon" shu paytgacha safarda 6ta o'yin o'tkazib, shundan hammasida mag'lub bo'ldi. Jamoa uchta g'alabani faqat uydagi bellashuvlarda qo'lga kiritgan.

Bilasizmi? "Andijon" safar o'yinlarida hozircha beshta gol urgan. "Bunyodkor" esa o'z uyidagi uchrashuvlarda 14 marta to'p kiritishning uddasidan chiqib, atigi ikkita gol o'tkazib yuborgan.

Eslatma: Kecha bo'lib o'tgan "Bunyodkor" - "Andijon" (Yoshlar ligasi) bahsida "bunyodkorchilar" 2:1 hisobida zafar quchishdi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика