So’nggi yangiliklar

14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  1 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  6 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  8 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2

Abramov mantiqan hech narsa yo'qotmadi, Zeytullaev uchun kerakli g'alaba edi - Abdulaziz Iskandarov tahlili Yangiliklar

Abramov mantiqan hech narsa yo'qotmadi, Zeytullaev uchun kerakli g'alaba edi - Abdulaziz Iskandarov tahlili

Superliganing 13-turi qiziqarli o'yinlarga boy o'tdi deya olamiz.

Namangandagi markaziy qarama-qarshilik fonida qolgan o'yinlar ham shiddati, tomoshabopligi bilan qolishgani yo'q. Xususan, kecha Samarqandda kechgan uchrashuv ham shular qatoridan o'rin oldi deya olamiz. Vadim Abramov jamoasining ilk mag'lubiyati diqqat markaziga chiqdi. "Bunyodkor" esa ortda qolgan qiyin davrdan o'tib oldi. Quyida ushbu o'yin haqidagi fikrlarimni bildirishni lozim topdim.

— Turnir jadvali nuqtai nazaridan olib qaralganda Vadim Abramov kecha mag'lubiyatga uchraganiga qaramay aslida mantiqan hech narsa yo'qotgani yo'q. Turnir jadvalidagi o'rniga tasir o'tkazmadi. Chempionlik bosh maqsad emasligi kundek ravshan, kuchli uchlik yoki to'rtlik ham ularga zo'r natija hisoblanadi. "Nasaf" bilan oradagi farq 6 ochko, zaxiradagi "Neftchi" bilan o'yindagi ehtimoliy g'alaba farqni 3 taga qisqartiradi. Bundan tashqari "ajdarlar"ning yuqori o'yin suratidagi "Paxtakor"ga qarshi o'yini kutmoqda. Bu bilan Karlenovich jamoasini mag'lubiyat uchun tayyorlagan demoqchi emasman, bunday bo'lmaydi ham. Shunchaki kecha "Dinamo"ning kuni emasdi, boz ustiga markaziy himoyachilarning xatolari qimmatga tushdi. Gohida shunday mag'lubiyatlar ham biroz tin olib kamchiliklarni ko'rib olishga foyda bo'lib xizmat qiladi. Qiziq fakt shuki, jamoa oxirgi marotaba Samarqandda aynan "Bunyodkor"dan 3 ta gol o'tkazgan ekan (2024 yil, 21 sentyabr, 2:3). Endilikda "Dinamo" 27 iyun kuni Qo'qonga safar qilishadi.

— "Bunyodkor" va Zeytullaev uchun o'tgan 2 oy qiyin o'tdi. Ketma-ket g'alabasiz o'yinlar fonida istefo kabi gap-so'zlar tarqaldi, boshqa murabbiy haqida o'ylashni boshlab yuborishdi. Lekin jamoa ko'rsatayotgan o'yin hattoki o'sha durang o'ynagan, yutqazgan o'yinlarda ham uyaltiradigan holatda emasdi. Futbolchilarda ishonch, o'yinda tartib bor. Futbolchilar aniq vazifasini biladi, bir-birini yaxshi tushunadi. O'zbekiston Kubogida "Qo'qon-1912"ning taslim qilinib keyingi bosqichga chiqilishi va Samarqanddagi yirik hisobli g'alaba orqali Zeytullaev "Bunyodkor"ga munosibligini, u hali natija qila olishini isbotlay oldi va aynan bu g'alabalar kerakli pallada qo'lga kiritildi. To'g'ri, jadvalda ko'tarilib olmadi yoki tushib ketmadi. Lekin murabbiy yuqorida aytganimdek gap-so'zlarga va atrofdagi jarayonlarga futbol bilan chiroyli javob bera olishga muvaffaq bo'ldi. 

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика