So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

"Andijon"ga qarshi o'yinda "Qizilqum"ning goli o'g'irlandimi? Superliganing 13-turidagi hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

"Andijon"ga qarshi o'yinda "Qizilqum"ning goli o'g'irlandimi? Superliganing 13-turidagi hakamlik faoliyati tahlili

Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali muallifi) o'z hakamlar jamoasi bilan Superliganing 13-tur uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

✅ "Andijon" – "Qizilqum"

Mavjud takrorlarga asoslanib, aniq bir xulosaga kelib bo'lmaydi. Bunday holatlarda odatda darvoza chizig'ida turgan yordamchi hakamning qaroriga ishoniladi. Gol faqat to'p darvoza chizig'ini to'liq kesib o'tgandagina hisobga olinadi. Bu holatda "Qizilqum" o'yinchisining zarbasidan so'ng to'p chiziqni to'liq kesib o'tgani haqida aniq dalilimiz yo'q.

Bunday vaziyatlar nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda muammo hisoblanadi. Ayrim chempionatlarda golni aniqlash uchun maxsus tizimlar mavjud, biroq ular ham har doim aniq javob bera olmaydi. Bu erda VAR yordam berishi mumkin edi, ammo buning uchun darvoza chizig'i bo'ylab aniq joylashtirilgan kamera kerak bo'lardi. Bunday kameralar hatto APLda ham yo'q.

Bularni hisobga olgan holda, hakamlar bu vaziyatda xato qildi deb yuz foiz ishonch bilan aytib bo'lmaydi. Avval takidlaganimdek, yordamchi hakam yaxshi poziciyada edi va odatda bunday holatlarda uning qaroriga ishoniladi.


❌❌ "Neftchi" – "Buxoro"

Havoda bo'lgan dastlabki yakkama-yakka kurashda "Buxoro" jamoasining 5-raqamli o'yinchisi qoidani buzdi. U yugurib kelib, sakrab to'pni boshi bilan o'ynashga urindi, lekin shu paytda tirsagini yon tomonga chiqardi. Natijada, u tirsagi bilan raqibining boshiga tegib ketdi. Fikrimcha, bu qoidabuzarlik bo'lib, qo'pol o'yin uchun sariq kartochka berilishi kerak edi.

Keyingi to'qnashuvga kelsak, agar hakam darhol qoidabuzarlikni qayd etganida, ehtimol, bunday holat yuz bermasligi mumkin edi. "Buxoro"ning kamida ikki o'yinchisi (93 va 10-raqamlilar) sportchiga xos bo'lmagan tarzda harakat qilmoqda. "Neftchi"ning 22-raqamli o'yinchisi ham janjalda faol ishtirok etib, raqiblarini itarmoqda va umuman olganda, u ham sportga xos bo'lmagan xatti-harakat qilmoqda. Ularning barchasi sariq kartochka olishga loyiq edi.

"Buxoro" murabbiyining maydondan chetlatilishi haqida hech narsa deyolmayman, chunki o'yin translyaciyasida uning aynan nima qilgani ko'rsatilmagan.


✅ "Navbahor" – OKMK 

Hakam "Navbahor"ning golini to'g'ri hisobga oldi. Golli hujumning boshlanishida qo'lga tegish jazolanmaydigan holat edi, chunki o'yinchi dastlab to'pni ko'kragi yoki qorni bilan qabul qilgan. Shundan so'ng to'p qisqa masofadan qo'lga urildi, ammo "Navbahor" futbolchisi to'pga qarshi qo'lini harakatlantirgani yo'q. Bu to'g'ri yakuniy qaror bo'ldi. Fikrimcha, VAR bu voqeaga aralashmasligi kerak edi, chunki bosh hakam ideal holatda turgan edi.



✅ "Navbahor" – OKMK 

Hakam yordamchisi, ko'rsatmalarga binoan, epizodni oxirigacha o'ynab qo'yishga imkon beradi, so'ngra "Navbahor" futbolchisining o'yindan tashqari holatini qayd etish haqida qaror qabul qiladi. Yon hakamning to'g'ri joylashuvini takidlab o'taman, u epizodni mohirona tahlil qildi. Bu to'g'ri qaror bo'ldi.


✅ "Paxtakor" – "Qo'qon-1912"

"Qo'qon-1912" jamoasi o'yinchisiga sariq kartochka berilishi to'g'ri qaror bo'ldi. Uning harakatlarini qo'pol o'yin deb baholash mumkin: raqib oyog'ini butun tovoni bilan "bosish", butsning qattiq qismi bor, oyoq harakati yo'nalishi yuqoridan pastga. Natijada, bu sariq kartochka "Qo'qon-1912" o'yinchisi uchun ikkinchisi bo'ldi. Ortiqcha tajovuzkorlik va shiddat bo'lmagani sababli, bu qizil emas, balki sariq kartochka.


✅ "Sho'rtan" – "Surxon"

Hakam "Surxon" jamoasi o'yinchisini maydondan chetlatib to'g'ri qildi. VAR esa vaziyatga to'g'ri aralashdi. O'yinchi to'p o'yinda bo'lmagan paytda, ataylab va yashirincha raqibining qorniga tirsagi bilan kichik kuch ishlatib urdi. Zarba kuchsiz bo'lsa-da, bu tajovuzkor xatti-harakat hisoblanadi.



✅ "Sho'rtan" – "Surxon"

Hakam “Sho'rtan"ning golini hisobga olgani adolatdan bo'ldi. VAR vaziyatga aralashib xatoga yo'l qo'ydi. Ochig'ini aytsam, VAR sinchkovlik bilan izlagan qoidabuzarlikni topish juda qiyin. Agar "Sho'rtan"ning 4-raqamli futbolchisi bilan "Surxon"ning 24-raqamli futbolchisi o'rtasidagi "kontakt" haqida gapiradigan bo'lsak, bu mutlaqo tasodifiy jarayon. Keyin uch o'yinchi to'p uchun kurashish uchun sakrab chiqdi, hech qanday urg'uli surishlar, qo'llarni noto'g'ri ishlatish yoki "hujumlar" yo'q. Golli uzatmada ham ofsayd yo'q.



✅ "Dinamo" – "Bunyodkor"

Hakamning o'yinni davom ettirishga qaror qilgani mutlaqo to'g'ri, VAR ham aralashmasdan to'g'ri qildi. "Dinamo" hujumchisi va "Bunyodkor" himoyachisi o'rtasida jarima maydonidan tashqarida ozgina to'qnashuv bo'ldi. Shundan so'ng himoyachi qo'lini hujumchining orqasi yoki elkasiga qo'ydi, ammo bu jazolanmaydi – kuchli turtki yoki futbolkadan ushlab qolish holati kuzatilmadi. "Dinamo" hujumchisi penalti ishlash maqsadida ataylab yiqildi.


Shunday qilib, Superliganing 13-tur o'yinlarida hakamlar ikkita xatoga yo'l qo'yishdi ("Neftchi" – "Buxoro" uchrashuvida yuz bergan tortishuv). Bundan tashqari, bir necha bor VAR tizimi epizodlarga noto'g'ri aralashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
25 iyu 23:11:33
1994 Nurafshon
Сан алкаш Пфл ва хакамлар кумитасига керак мухлисларни узи билади хакамларни харом ишларини
   
25 iyu 22:36:55
Фарход
Кизилкум тоза ГОЛ урди, чизикдан утди, химоячини кулиям тегди, лекин хакам, ён хакам, ВАР -ПАР -ЖАР хакамлари курмадилар, биология еки бирор болнисани тахлил -хонасига кириб микроскоп билан курса булади
   
25 iyu 22:27:49
Фарход
Ассалому алейкум кадрли футбол ишкибозлари, бу уйинларни ким тахлил килди ва нима учун -ким учун, ???, мана ким Динамо - Бунёдкор уйинини курганлар ёзсин, -1 та эпизод 100 % лик пенальти ни даже шархда курсатилмади ( эшитган булсангиз 2 чи эпизод да мана бу 100% пенальти деб айтди ) 2 чи эпизод да тирсаги билан ураяпти куриниб турибтику , нима оёгини синдирса кейин пенальти белгилайдими. , Лекин Бунёдкор 3 та ГООЛЛЛАРИ ХАМ ТРУДОВОЙ ГОЛЛАР ГАП СУЗ БУЛИШИ МУМКИН ЭМАС
   
25 iyu 22:01:53
Адхамжон Низамов
Тахлилинга....... .
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика