"Arsenal" Gyokeresh bo'yicha yangi taklif tayyorlamoqda. "Sporting" kamida 80 million evro so'ramoqda
25 iyu 2025 21:05
Yangiliklar
"Arsenal" Gyokeresh bo'yicha yangi taklif tayyorlamoqda. "Sporting" kamida 80 million evro so'ramoqda
A Bola nashri xabar qilishicha, "to'pchilar" sloveniyalik futbolchi Benyamin Sheshkning yuqori maosh talablari va "Leypsig"ning narxni 80-100 million evrodan pasaytirmaslik qarori tufayli ushbu transferidan voz kechishi mumkin. Londonliklar uchun "Sporting" hujumchisi Gyokeresh yana ustuvor yo'nalishga aylandi. Avvalroq "Arsenal" shveciyalik forvard uchun norasmiy ravishda taxminan 55 million evro taklif etgan edi, biroq "Sporting" 100 million evrolik shartli tovon pulidan ancha past summa uchun muzokaraga kirishishni rad etganini malum qilgan.
Takidlanishicha, ayni damda "Arsenal" ikkinchi taklifni tayyorlamoqda. Portugaliya klubi 80 million evroni muzokaralarni boshlash uchun eng kam summa deb hisoblamoqda.
Gyokereshga "Arsenal"dan tashqari "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar