So’nggi yangiliklar

03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  1 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  7 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  3 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5

Nosir Abdusalomov: "Qo'qonda 120 daqiqa oson bo'lmagandi, "Dinamo" bilan o'yinga o'ziga hos kuch topa oldik" Yangiliklar

Nosir Abdusalomov: "Qo'qonda 120 daqiqa oson bo'lmagandi, "Dinamo" bilan o'yinga o'ziga hos kuch topa oldik"

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Superliganing 13-turida Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo'ldi.

“Bunyodkor” jamoasining birinchi davradagi kashfiyoti Nosir Abdusalomov “Dinamo”ga qarshi uchrashuvda 1 ta gol va 1 ta assist bilan ajralib turdi. “Qo'qon-1912” bilan uzoq davom etgan 120 daqiqalik bahsdan so'ng, u "Dinamo"ga qarshi jamoa qanday tayyorgarlik ko'rgani, o'z taassurotlari haqida gapirdi. 

— Nosir, “Qo'qon-1912”ga qarshi 120 daqiqalik og'ir o'yindan so'ng “Dinamo”ga qarshi tayyorgarlik qanday kechdi?

— Albatta, “Qo'qon-1912”ga qarshi o'yin juda og'ir kechdi. Biz juda ko'p kuch sarfladik. Lekin “Dinamo”ga qarshi uchrashuv biz uchun juda katta ahamiyatga ega edi. O'ziga hos kuch topa oldik. Shu boisdan jismonan ham, ruhan ham qattiq tayyorgarlik ko'rdik. Bu o'yinga butun jamoa bor kuchi bilan tayyorlandi. Har bir o'yin o'zgacha, lekin “Dinamo”ga qarshi bahs alohida etibor talab qilardi.

— “Dinamo” shu paytgacha mag'lubiyatni bilmagan jamoa edi. “Bunyodkor” qanday uddaladi? O'yin sizda qanday taassurot qoldirdi?

— “Dinamo” haqiqatan ham kuchli, hujumkor jamoa. Ularning tarkibi va o'yin uslubi jiddiy etiborga loyiq. Lekin har bir jamoaning kuchli va kuchsiz jihatlari bo'ladi. Murabbiylarimiz aynan shu nuqtalarga etibor qaratdi, kerakli ko'rsatmalarni berdi. Biz esa ularni maydonda bajarishga harakat qildik va, shukr, natija berdi. Bunday g'alabalar jamoaning ishonchi va kayfiyatini ancha oshiradi.

— Oldingi chiziqda Temurxo'ja Abduxoliqov bilan yaxshi tandem yaratdingiz. Undan ko'proq nimalar o'rganyapsiz?

— Temurxo'ja aka — haqiqiy lider va katta tajriba egasi. U kishi bilan birga o'ynash men uchun ham sharaf, ham maktab. Maydondagi harakatlar, qaror qabul qilishdagi hotirjamlik, raqibni his qilish — bularning barchasini ulardan o'rganish mumkin. Har bir mashg'ulotda, har bir o'yinda ularning tajribasi menga katta yordam berayapti. Hamkasb sifatida ham, inson sifatida ham hurmatga sazovor.

 “Bunyodkor” Superligada ancha vaqt g'alabaga erisha olmayotgandi. Jamoa ruhiy qiyinchilikdan chiqib oldimi?

— Ha, to'g'ri aytdingiz. Bir necha tur g'alaba qo'lga kirita olmayotgandik. Bu, albatta, jamoaning psixologik holatiga tasir qilmay qolmaydi. Lekin ana shunday kuchli jamoalar ustidan qozonilgan g'alabalar bizga katta kuch beradi. Jamoada yana ishonch paydo bo'ldi. Xudo xohlasa, shunga o'xshash o'yinlar orqali oldindagi turlarda ham g'alabalarimizni davom ettiramiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика