Sardor Abduraimov: "Chempionatdagi mag'lubiyat uchun "Neftchi"dan revansh oldik"
25 iyu 2025 16:28
Yangiliklar
Sardor Abduraimov: "Chempionatdagi mag'lubiyat uchun "Neftchi"dan revansh oldik"
"Mashal" bu bosqichda kuchli raqib sifatida qaralgan "Neftchi"dan ustun keldi va chorak finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Farg'onadagi bellashuv qahramoni Sardor Abduraimov bu borada fikrlari bilan bo'lishdi.
"Alhamdulillah bu uchrashuvda g'alaba qozondik. Jamoangiz sizning golingiz bilan g'alaba qozonsa ikki karra xursand bo'lar ekansiz. Bu yoqimli albatta. Biz g'alabaga chanqoq holda maydonga tushdik deya olaman. "Neftchi"ni o'z maydonida yutish qiyin, bu erda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchilari jamlangan.
Jamoamizda revansh ishtiyoqchi kuchli edi. Bu yaxshi imkoniyat hisoblanardi. Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, murabbiylar ko'rsatmalarini bajardik. Gol urilgan vaziyatni mashg'ulotlarda ishlaganmiz. Standart vaziyatdan har doim ham o'xshayvermaydi. Biz buni uddaladik.
G'alaba qozonishimiz uchun hamma sharoitlarni maksimal yaratib bergan rahbariyatimizga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. "Mashal" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman",- deydi Sardor Abduraimov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar