Ilyos Zeytullaev: "Samarqanddagi 3 ochkoni jamoaviy g'alaba degan bo'lardim"
24 iyu 13:20
Yangiliklar


Ilyos Zeytullaev: "Samarqanddagi 3 ochkoni jamoaviy g'alaba degan bo'lardim"
"Birinchi navbatda samarqandlik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ular bugun ajoyib muhit yaratishdi, muxlislar bilan to'lgan arenada o'ynash futbolchilarga ikki hissa kuch bag'ishlaydi. Shu o'rinda jamoamni ham olqishlamoqchiman. Yigitlar borlarini berishdi, bu mavsumdagi eng yaxshi birinchi bo'limimizni o'tkazdik. Biz yanada oldinga intilishimiz kerak. Jarohatlanganlar bor, ular tiklanib olishi zarur",- deydi Ilyos Zeytullaev.
- "Bunyodkor" xatosiz o'ynadi, o'yinni nazorat qildi. Raqibni yaxshi o'rgangan edingizmi yoki o'yinning borishi shunday kechdimi?
- Har bir raqibni o'rganamiz. Samarqandda o'tgan yili ham o'ynagandik. Jamoa to'pni nazorat qilishni yaxshi ko'radi. Himoyada ham yaxshi harakat qiladi. Abramov tajribali murabbiy, chiroyli o'yin yo'lga qo'ygan. Temurxo'ja Abduxoliqov katta hajmdagi ishni bajarganini ham aytib o'tish joiz. O'ylaymanki, u bundan ham yaxshi o'yin ko'rsata oladi. Luis Kachorriga kelsak, u zaxirada qoldi. Bu safar shunday tanlov qildik. Buni jamoaviy g'alaba degan bo'lardim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar