So’nggi yangiliklar

21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  1 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  3 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1

Axbor Imomxo'jaev xotira turniri-2025. Musobaqa, jamoalar, guruhlar va yashil maydonga qaytayotgan yulduzlar Yangiliklar

Axbor Imomxo'jaev xotira turniri-2025. Musobaqa, jamoalar, guruhlar va yashil maydonga qaytayotgan yulduzlar

Bundan ikki yil muqaddam o'zbek futboli jurnalistikasining asoschisi Axbor Imomxo'jaevni xotirlab, uning izdoshlari tomonidan futbol musobaqasi tashkil etilgandi.

Futbolimiz fidoyisi xotirasiga bag'ishlab mana shunday turnir o'tkazish anana tusiga aylanib bormoqda. 

Unda Axbor ota hayotlik davrida faoliyat olib borgan soha vakillari ishtirok etgani etiborga molik.

Sir emaski, Imomxo'jaev mamlakat futboli rivojiga katta hissa qo'shgan. U o'z vaqtida O'zbekiston futbol associaciyasida faoliyat olib borgan, futbol hakamligida o'ziga xos yutuqlarga erishgan, Liga uchrashuvlarida komissar sifatida ishlagan, matbuot, radio, televidenieni bu insonsiz tasavvur qilish qiyin edi. Qahramonimiz 80 yoshdan oshgan vaqtida ham sog'lom turmush tarizini targ'ib qilishda davom etdi hamda “Tong” faxriylar jamoasi safida haftasiga 3 marotaba futbol o'ynardi. Ushbu turnirning tag zamirida ham aynan shu shior yotadi. 

Avvalgi turnirlardagi g'oliblar

Dastlab 2023 yilda tashkil qilingan musobaqa, joriy yilda ham davom etadi. Odatda 2 iyul sport jurnalistlari kuniga bag'ishlab o'tkaziladigan musobaqa, rasmiy o'yinlar, futbol turnirlarining sanalaridan kelib chiqib bu mavsumda kuz fasliga ko'chirildi. Ilk bor o'tkazilgan musobaqaning finalida O'FA va Sulola jamoalari o'zaro to'qnash kelgan va yakunda associaciya jamoasi 5:2 hisobida g'alabani o'ziniki qilgandi. Uchinchi o'rin uchun kechgan o'yinda "Paxtakor"ning tajribali futbolchilaridan iborat faxriylari Championat.asia jamoasidan ustun kelgan, 3:1. O'tgan yilgi turnirda ham avvalgisining scenariysi takrorlandi. Bosh sovrin uchun kechgan bellashuvda O'FA Kun.uzdan ustun kelgan, 5:2, bronza medallari uchun jangda yana "sherlar" saytimiz vakillarini enggan 2:0. 

Bu yilgi turnirda kimlar qatnashadi?

2025 yilgi Axbor Imomxo'jaev xotira turnirida bir qator yangi jamoalarni kuzatishimiz mumkin. O'FF, O'FA, "Paxtakor", "Bunyodkor", "Tong", "Championat.asia", "Markaziy sektor", "Olimpiya", "Sport tv", "Sports.uz", "Sulola", "O'zPFL" jamoalari ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Bu yilgi asosiy yangilik shuki, jamoalar o'z tarkiblariga ikki nafardan yulduz va sobiq futbolchilarni qo'shib olishga ruxsat berildi. Lekin reglamentga ko'ra, u futbolchi so'nggi 3 mavsum davomida hech bir jamoa tarkibida ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak emas. "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalari sobiq futbolchilar bilan ishtirok etishi tufayli o'yinchi ko'proqni tashkil qiladi. Bunday xizmatdan foydalanmagan jamoalar ham bor. Quyida jamoalar tarkibidagi mashhur shaxslarni keltirib o'tamiz. 

O'FF: Nodir Eliboev, Artur Yunusov

O'FA: Odil Ahmedov, Timur Kapadze, Ravshan Ermatov

"Paxtakor": Abdukarim Muhammedov, Nikolay Minchev, Rustam Qurbonboev. Akmal Xolmatov, Viktor Klishin, Komoliddin Tojiev, Ilhom Suyunov

"Bunyodkor": Botir Nosirov, Murod Aliev, Sunnatilla Mamadaliev, G'ulom Halimtoev, Islom Inomov, G'afur Halimtoev

"Championat.asia": Jafar Irismetov, Vohid Holboev

"Olimpiya": Ruslan Matniyazov, Server Jeparov, Farhod Nishonov, Ravshan Xursanov, Ravshan Ermatov

"Sport tv": Asqar Jadigerov, Zohir Pirimov

"Sports.uz": Oybek Qilichev

"Sulola": Akmal Shorahmedov, Aziz Haydarov

"O'zPFL": Anvar G'ofurov, Elyor Uzoqov

"Markaziy sektor": Davron Fayziev, Orif Tolipov, Xayrulla Hamidov (bosh murabbiy)

Championat.asia jamoasining turnir uchun tarkibi 

Guruh va uchrashuvlar taqvimi

Jamoalar 2 guruhga ajratilgan holda bir-birlari bilan kuch sinashadi. O'yinlar ertadan rasman start oladi. Ikki guruhda g'olib bo'lganlar finalda o'ynasa, ikkinchi o'rin egalari uchinchi o'rin uchun maydonga chiqadi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика