Axbor Imomxo'jaev xotira turniri: Bugun musobaqa start oladi

Omonjon To`xtamirzayev
3 iyul 2023
O'zbek sporti jurnalistikasining otaxoni, futbolimiz sharhlovchiligi maktabi asoschisi Axbor Imomxo'jaev xotirasi yo'lida futbol musobaqasi o'tkazilishi haqida xabar bergandik.

Axbor Imomxo'jaev xotira turnirida avval xabar berilganidek 8 ta jamoa ishtirok etadi: “Paxtakor” (faxriylar), “Tong” (faxriylar), O'FA (faxriylar), “Jurnalist” (faxriylar), shuningdek, Championat.asia, Sports.uz, “Sharhlovchi”, “Sulola”.

Bugun Axbor Imomxo'jaev xotira turnirida 1-tur bellashuvlari start oladi. 

Turnirga qiziquvchilar bellashuvlarni “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida bevosita kuzatishlari mumkin. Ular Chilonzor metro bekati tarafda joylashgan 7-kirish darvozasi orqali futbol akademiyasiga kelishlari tavsiya etiladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia