OFF bosh kotibi: "Bokuda Mxitaryanning xavfsizligi kafolatlanadi"
18 may 2019 12:55
Yangiliklar


OFF bosh kotibi: "Bokuda Mxitaryanning xavfsizligi kafolatlanadi"
Ozarbayjon futbol federaciyasi bosh kotibi Elxan Mamedov Evropa Ligasi final uchrashuvi oldidan armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryanga xavf bo'lmasligini takidlab o'tdi.
"Bizning xavfsizlik organlarimiz UEFAga futbolchiga xavf solinmasligi yuzasidan kafolat berdilar. Vakillarimiz futbolchining Boku safari oldidan barcha choralarni ko'rdilar. Uning xavfsizligi kafolatlanadi", - deydi Mamedov.
Eslatib o'tamiz, Ozarbayjon va Armaniston Tog'li Qorabog' yuzasidan anchadan beri kelisha olmaydi.
Oldinroq, futbolchi shu nizo tufayli, guruh bosqichi doirasidagi Ozarbayjonning "Qorabog'" jamoasiga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan edi.
"CHelsi" va "Arsenal" o'rtasidagi uchrashuv 29 may kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar