OFF bosh kotibi: "Bokuda Mxitaryanning xavfsizligi kafolatlanadi"

Aslanov Jasurbek
18 may 2019, 12:55
Ozarbayjon futbol federatsiyasi bosh kotibi Elxan Mamedov Yevropa Ligasi final uchrashuvi oldidan armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryanga xavf bo'lmasligini ta'kidlab o'tdi.

"Bizning xavfsizlik organlarimiz UEFAga futbolchiga xavf solinmasligi yuzasidan kafolat berdilar. Vakillarimiz futbolchining Boku safari oldidan barcha choralarni ko'rdilar. Uning xavfsizligi kafolatlanadi", - deydi Mamedov.

Eslatib o'tamiz, Ozarbayjon va Armaniston Tog'li Qorabog' yuzasidan anchadan beri kelisha olmaydi.

Oldinroq, futbolchi shu nizo tufayli, guruh bosqichi doirasidagi Ozarbayjonning "Qorabog'" jamoasiga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan edi.

"Chelsi" va "Arsenal" o'rtasidagi uchrashuv 29 may kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph