Odil Rami "Sochi"dagi jamoadoshlarining ismlarini bilmasligini aytdi
09 may 2020 14:45
Yangiliklar


Odil Rami "Sochi"dagi jamoadoshlarining ismlarini bilmasligini aytdi
"Sochi" himoyachisi Odil Rami jamoadoshlari bilan qanchalik yaqin ekanligi haqida gapirdi.
Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda.
"Men ularning 1-2 nafarining ismini bilaman. Bu juda ham qiyin. Men jamoada sheriklarim bilan "Ey, bro" deya muloqot qilaman", - deydi Rami.
Jahon chempioni qishda erkin agent maqomida "Sochi" tarkibiga kelib qo'shilgandi, ammo Rossiya jamoasida bitta ham o'yin o'tkazmadi.
RPL 17 mart kuni koronavirus epidemiyasi tufayli to'xtatilgandi. Bunga qadar klublar 22ta tur o'yinlarini o'tkazib bo'lishgandi. "Sochi" jadvalda 24 ochko jamg'argan holda, 12-o'rinda bormoqda.
Manba: metaratings.ru
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar