So’nggi yangiliklar

19:35"Милан" "Торино" футболчисини сотиб олади  0 19:29ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" - "Олимпик" 0:0 (онлайн ҳисоб)  1 19:08Суперлига. "Қизилқум" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  5 18:51Клопп клублар ўртасидаги ЖЧ форматини жиддий танқид қилди  2 18:32Хаби Алонсо "Ювентус"га қарши ўйин ҳақида: "Уларнинг "Манчестер Сити"га қарши ўйини ҳеч нимани англатмайди"  1 18:06Суперлига. "Навбаҳор" - "Машъал" 4:0 (матнли трансляция)  18 17:45"Милан" 3 футболчини сотиб олмади ва жамоасига қайтариб юборди  0 17:20"Штутгарт" футболчисини 100 млн еврога баҳоламоқда, "Бавария" эса 50 миллионга  0 16:51"Пахтакор" Қаршида сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  4 16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  13 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  15 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  3 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  3 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  12 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1

OCHLda 17-soniyada gol urgan, terma jamoa safida uch xil qita vakillariga qarshi o'ynagan Salamat Qutiboevni tabriklaymiz Yangiliklar

OCHLda 17-soniyada gol urgan, terma jamoa safida uch xil qita vakillariga qarshi o'ynagan Salamat Qutiboevni tabriklaymiz

Bugun Bekobodning “Metallurg” jamoasi azosi, tajribali yarim himoyachi Salamat Qutiboev tavallud kunini nishonlamoqda. Futbolchi 34 yoshni qarshi oldi.

Qoraqalpoq futbolining yorqin vakilining millionlar o'yiniga oshno tutunishi haqida u o'z intervyularida shunday degan edi: “Futbolga qiziqishimga amakim Nematilla Qutiboev sabab bo'lgan. Ularning o'yinlarini ko'rib futbolga mehr qo'yganman. O'zim yuridik universitetini tamomlaganman. Kim bilsin, futbolchi bo'lmaganimda shu sohani egasi bo'lardim”.

Dastlabki jamoasi mahalliy “Jayxun” bo'lib, aynan shu klub orqali katta futbolga qadam qo'yishni boshlagan. 2009 yilda Muborakning “Mashal” jamoasi uni o'z safiga qo'shib oladi va mahoratini, tajribasini oshirib borishiga katta hissa qo'shadi. 2010-2014 yillar oralig'ida ushbu jamoa sharafini himoya qilib muxlislar etirofiga sazovor bo'ladi. U o'zining Oliy ligada “Neftchi” darvozasini ilk bor ishg'ol qilib gollari hisobini ochishga muvaffaq bo'ladi. 2014 yilning ikkinchi yarimida Davron Fayziev murabbiyligidagi “Sug'diyona”ga yo'l olib jamoa bilan kuchlilar safida qolishni uddasidan chiqadi.



2015 yilgi mavsumni Igor SHkvirin boshchiligidagi “Olmaliq” jamoasida 26 uchrashuvda maydonga tushib 5 bor o'z hisobiga gol yozdirib qo'yadi. Markazda va tayanch yarim himoyasida barqaror o'yin namoyish qiladigan futbolchining xizmatlariga keyingi yil “Buxoro” jamoasi qiziqish bildiradi. Esingizda bo'lsa, 2016 yilgi mavsumni ko'hna shahar jamoasi ajoyib tarzda o'tkazib kuchli to'rtlikdan joy olgandi.

Mazkur klubdagi o'yinlari sabab u Samvel Babayanning nazariga tushadi va milliy terma jamoamizning iyun oyidagi yig'iniga chaqiriladi. Buni qarangki, uning debyuti okean orti vakili Kanadaga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga to'g'ri kelgandi. Salamat 2016-2017 yillar oralig'ida muntazam ravishda terma jamoaning turli yig'inlariga jalb etilib kelindi. Biroq, ko'pincha u o'yinlarni zaxirada o'tirib tomosha qilishiga to'g'ri keldi. SHunga qaramay Babayan Qutiboevga uch marotaba imkoniyat berdi. SHundan so'ng u Burkina-Faso va Gruziya termalari bilan o'yinlarda ham ikkinchi bo'limda maydonga tushdi. Etiborli jihati Salamat 3 ta bellashuvni 3 ta qita vakiliga qarshi o'tkazdi va Osiyo jamoalari bilan o'yinlarda maydonga tushmadi.



O'zini ko'rsatayotgan yarim himoyachi 2017 yilning boshida o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan, OCHL guruh bosqichida ishtirok etayotgan “Lokomotiv” jamoasiga kelib qo'shiladi. “Al Taavon”ga (0:1) qarshi bahsda CHempionlar Ligasidagi debyutini o'tkazdi. Ikkinchi turda esa BAAning “Al Ahli” jamoasi bilan o'yinda 17-soniyadayoq hisobni ochdi. Qaysidir manoda u faoliyatida yangi sahifa ochayotgandi. Ammo, kutilmaganda ikkinchi davrada Ulug'bek Baqoev boshqarayotgan “Buxoro”ga qaytishga qaror qildi. O'tgan mavsumda esa klubni elitada qolishida katta hajmdagi ishni bajardi. Joriy yildan boshlab esa “Metallurg”da harakat qilib kelmoqda.




Saytimiz ijodkorlari nomidan Salamat Quttiboevga sog'lik va salomatlik, faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика