Nurjan Jetibaev: Muxlislar O'zbekistonning oltinchi o'yinchisi bo'ldi
08 noy 2013 08:54
Yangiliklar

Nurjan Jetibaev: Muxlislar O'zbekistonning oltinchi o'yinchisi bo'ldi
Qirg'iziston bosh murabbiyi Nurjan Jetibaev O'zbekiston futzal terma jamoasiga qarshi saralash uchrashuvidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlasharkan, yoshlar ishonchni oqlaganini qayd etib o'tdi.
7 noyabr kuni futzal bo'yicha 2014 yilgi Osiyo chempionati Janubiy va Markaziy Osiyo saralash guruhi 3-turida Qirg'iziston terma jamoasi O'zbekistonga qarshi maydonga tushib, 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. SHunga qaramay, to'plar nisbati Turkmaniston terma jamoasinikidan ko'ra yaxshiroq bo'lgani sabab, Vetnamda o'tadigan final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Nurjan Jetibaev shogirdlari bungacha Tojikistonga 4:8 hisobida imkoniyatni boy berib, Turkmaniston bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan edi.
Bugungi o'yinda nima bo'lganini hali to'la tushunib etgani yo'q, men hali ham o'yin ichida yuribman. Bugun muxlislar O'zbekiston va Qirg'iziston ishtirokidagi jonli o'yin guvohiga aylanishdi. O'zbekistondek kuchli, o'yin intizomi kuchli jamoaga qarshi to'p surganimizdan xursandmiz. Ular saralash o'yinlari boshlanishidan avval ham favorit hisoblanishardi. Tarkibimiz to'liq, deyarli 90 foizga yangilangan bo'lib, bu yosh, yangi o'yinchilar bilan qiyin bo'lishini bilardik. Biroq asosiy maqsadimiz – final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Bundan shodmiz, - dedi Jetibaev.
Qirg'iziston futzal terma jamoasi qitaning nisbatan kuchli jamoalaridan biri hisoblanib, favorit jamoalarga jiddiy qarshilik ko'rsata olishi bilan tanilgan, o'z vaqtida qita chempionatlari final bosqichlarida ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borgan edi. Biroq terma jamoaning joriy saralashdagi kuchsiz ishtiroki ko'pchilikni hayron qoldirdi.
Qirg'iziston futzalining bir qator etakchi o'yinchilari boshqa yo'ldan ketishga qaror qilishdi, rahbariyat esa shu saralashdan boshlab etiborni yangi, istedodli yoshlarga qaratdi. Bu katta tavakkalchilik edi, buni juda yaxshi bilardik. Biroq bu ishimiz o'zini oqladi. Final bosqichida bundan ham qiyin bo'lishini juda yaxshi anglab turibmiz. Umid qilamanki, etakchilarning bir qatorlari o'z fikrlarini o'zgartirib, terma jamoaga yordam berishga qaror qilishadi. Biroq terma jamoa asosini baribir shu saralashda ishtirok etgan yoshlar tashkil etaveradi, - dedi qirg'izistonlik mutaxassis.
O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlarda O'zbekiston sport majmuasida anshlag kuzatildi. Turkmanistonga qarshi o'yinda Bahodir Ahmedov shogirdlarini taxminan 900 nafar tomoshabin qo'llab-quvvatlab turgan bo'lsa, Tojikistonga qarshi o'yinga 1,2 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurdi. Qirg'izistonga qarshi o'yinda bo'lgan 800dan ortiq muxlis ham butun o'yin davomida o'zining faolligi, tinimsiz qo'llab-quvvatlashi va rang-barang hayqiriqlari bilan ajralib turishdi.
Mehmondo'stlik uchun mezbonlarga alohida minnatdorchilik bildirishni istardim. Toshkentda o'zimizni xuddi uydagidek his qilamiz, bu erda hammasi yuqori saviyada tashkil etilgan, hech qanday etirozlar bo'lishi mumkin emas. Muxlislaringiz esa... agar futzalda besh kishi maydonda harakat qilsa, muxlislar har o'yinda O'zbekiston terma jamoasining oltinchi o'yinchisi bo'la olishdi, - dedi Nurjan Jetibaev.
Nurjan Jetibaev Qirg'iziston terma jamoasining o'ynovchi bosh murabbiyi sifatida muxlislarning alohida etiboriga tushdi. Jetibaev Tojikistonga qarshi o'yinda dublga erishdi, Turkmaniston bilan o'yinda ham faol harakat qilganiga qaramay, gol urolmagandi. O'zbekistonga qarshi o'yinda esa Jetibaev bir soniya bo'lsa-da maydonda harakat qilmadi.
Tojikistonga qarshi o'yinni tahlil qilib, maydonda yugurgandan ko'ra chetda turib jamoamga ko'proq yordam bera olaman, deb o'yladim. SHogirdlarimni qo'llab-quvvatlashga harakat qildim. Bu qaror jamoam uchun foydali bo'ldi, deb o'ylayman. Umuman, endi o'ynamoqchi emasman, - deya qo'shimcha qildi Nurjan Jetibaev.

Fikrlar