Noyer jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
15 dek 2025, 18:19
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyerga o'ng son mushagining uzilishi tashxisi qo'yildi.

Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

Tiklanish muddati hozircha aniq emas. 

39 yoshli nemis futbolchisi Germaniya chempionatining 14-turida "Maync"ga qarshi o'yinda (2:2) jarohat oldi. Biroq myunxenliklar sardori o'yinni to'liq o'tkazdi.

Noyer 2011 yildan buyon "Bavariya" safida to'p tepadi. U jamoa tarkibida 581 uchrashuvda ishtirok etgan. 2025/26 yilgi mavsumda esa uning hisobida 20 ta o'yin bor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com