So’nggi yangiliklar

16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  0 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  6 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  4 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  4 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  3 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  10 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  13 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  5

Nima uchun Namangan? Yangiliklar

Nima uchun Namangan?

Odatda OFK bu turdagi musobaqalarda ortiqcha xarajatlarni oldini olish va shu bilan birga o'zi uchun qulay bo'lishligi uchun bitta shaharda o'tkazadi. Boshqa qitalarda ham deyarli shunday.

Lekin, nima uchun aynan Namangan? Bu savolga javobni ko'pchilik beryapti.

Aslida boshqa musobaqalari kabi faqat bitta shahar, Toshkent mezbon bo'lishi kutilgandi (Olmaliq bundan mustasno, u erga faqat o'yin uchun boriladi. Qoidaga ko'ra 1 soatlik yo'l norma hisoblanadi. 102 bilan Toshkent Olmaliq masofasi yashil zona orqali yuriladigan bo'lsa, 50-60 daqiqalik yo'l).

Bu kabi musobaqalarni qabul qilish uchun asosiy talab 3ta! Xalqaro aeroport, mehmonxona va stadion. Namangan nomzodi esa, viloyat hokimi Xayrulla Hayitboevichning tashabbusi orqali chiqdi. Namangandagi sharoit, Qashqadaryoda ham yo'q emas. Samarqandda ham amallasa bo'lardi. Ammo shular ichidan birini tanlashga kelganida, bu borada ayni paytda hokimlar ichida futbolga eng ko'p hissa qo'shayotgan Xayrulla Bozorovning taklifi OFKga ham maqul keldi.

Namanganda asosan guruh o'yinlari va chorak final o'tadi. Barcha yarim final o'yinlariga Toshkent stadionlari mezbonlik qilishi ko'zda tutilgan. Ammo shu o'yinlarning o'ziyoq vodiy uchun katta bayramga aylanishi mumkin, agar unga qadar karantin tugatilib, stadionlarga muxlislar tashrifiga yo'l ochilsa. Menga qolsa, O'zbekiston guruhda yaxshi qatnashib 1/4 finalga yo'l olsa, JCH taqdirini hal qiladigan uchrashuv Namanganda bo'lgani yaxshi. 12-o'yinchi sifatida, kamida 30 ming nafar muxlis terma jamoamizga dalda bo'ladi.

Imkon qadar «Bunyodkor» stadionida o'ynamasligimiz kerak. Kuzga kelib yana avvalgi holatiga kelmasligiga hech kim kafil bo'lmaydi. Bunday hollarda eng yaxshi variant «Lokomotiv» stadioni. Afsuski JAR stadioni ro'yxatda yo'q. Bugungi kunda maysasi bo'yicha superliga klublarinikidan ham yaxshi holatdagi arena. O't-bo'tini qarab qo'ysa bo'lgani.

Nima bo'lgan taqdirda ham, bu uzoq tanaffusdan keyin o'tkaziladigan Osiyo chempionati. SHu kungacha O'zbekiston 2008 va 2010 yillarda o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan xolos. Bu saviyadagi musobaqa uchun debyutantmiz.

2001 yillarda tavallud topgan terma jamoa bosh murabbiyi - Timur Kapadze. Bu terma jamoa oldida turgan yana bir muhim vazifa, 2024 yilgi Olimpiada o'yinlariga chiqish.

Omad

@Nadirkhuja

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика