So’nggi yangiliklar

02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  0 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  0 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  126 00:35Погба янги клуби деярли маълум  2 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  71 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  5

Nega Xitoy klublari Toshkentga yoshlar bilan keldi? Yangiliklar

Nega Xitoy klublari Toshkentga yoshlar bilan keldi?

Teglar :  OCHL
Osiyo CHempionlar Ligasini garchi ECHL bilan taqqoslab bo'lmasa-da, klublar miqyosida qitamizning eng nufuzli musobaqasi hisoblanadi.

25 iyundan Toshkentda musobaqa sharq mintaqasining guruh bosqich bahslari markazlashtirilgan holatda start oldi. Poytaxtimizda "H" va "I" guruhi jamoalari mehmon bo'lib turibdi. 

Yuqorida aytganimizdek, bu turnir klublar miqyosida qitadagi eng nufuzlisi hisoblanadi. Biroq, bu yil uning saviyasi yoki musobaqa bo'lgan etibor malum qadar pasaygani sezilmoqda.

Bu nimalarda o'z aksini topyapti?

1. Avstraliya klublari bu yilgi musobaqada ishtirok etishdan bosh tortdi.

OFK  4 iyun kuni Avstraliyaning "Sidney", "Melburn Siti" va "Brisben Roar" jamoalarining Osiyo CHempionlar Ligasi 2021 yilgi mavsum guruh va pley-off bosqichlarida ishtirok etmasligini tasdiqladi.

"H" guruhidan o'rin olgan "Sidney" jamoasi Toshkent mezbonlik qiladigan guruh o'yinlarida ishtirok etishi kerak edi. Keyinchalik uning o'rnini Tailandning "CHiangray Yunayted" klubi egalladi.

2. Xitoy klublarining musobaqaga 2-darajali sifatida qarayotgani

a) "SHanxay Port" (Odil Ahmedovning sobiq jamoasi) sencion ravishda pley-offda qolib ketdi. 

b) "Guanjou Evergrand" esa 1-tur o'yinini "Sereso Osaka"ga qarshi o'tkazib, mag'lub bo'ldi. Etiborli jihati, Xitoy klubining guruh bosqich uchun qaydnomasida 22 yoshdan oshgan birorta futbolchi yo'q. Anderson Taliska, Fernandino, Rikardo Gulart, Elkeson va Alan singari legionerlar ham ro'yxatdan chetda qolgan.

s) Guruh bosqich bahslarini Toshkentda o'tkazayotgan "Beyjin Goan" yurtimizga U-21 jamoasi bilan tashrif buyurishi 22 may kuni malum bo'lgan edi.

Buning sababi nima?

Bu haqda taniqli futbol eksperti Alisher Nikimbaev shunday deydi:

"Mundial saralashining 2-bosqichini Xitoy uyida o'tkazishi rejalashtirilgandi. SHunday bo'lsa, joriy haftada mamlakat Superligasining yangi mavsumiga start berilishi kerak edi. Xitoy klublari o'sha vaqtda chempionatni boshlashga rozi bo'lib, faqat yoshlarni ro'yxatdan o'tkazdi. Biroq, oxirgi pallada terma jamoalar ishtirokidagi o'yinlar Pekindan BAAga ko'chdi. Natijada, Dubaydagi markazlashgan o'yinlarda ishtirok etib qaytgan Xitoy terma jamoasi yigitlari 2 haftalik karantinga olindi. SHu tufayli ayni paytda Superliganing starti 1 oyga kechibqdi. Ammo, klublar allaqachon OCHL qaydnomasini yoshlar bilan to'ldirib bo'lgan edi. Qisqasi, ular 2 tomonlama yutqazishdi. Birinchidan, Xitoy chempionatini reja qilingan paytda boshlay olishmadi. SHuningdek, OCHLdagi natijalari yomonlashib ketadigan bo'ldi".

3. Markazlashgan musobaqani sharqning kuchli mamlakatlari qabul qilishni istamadi

Klublarimiz g'arb mintaqasida ishtirok etsa-da, sharqning o'yinlari Toshkentga berildi. Yani, poytaxtimizga tashrif buyuradigan 2 guruh jamoalarining hech biri mezbon bo'lishni istamagan. 

Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya terma jamoalar ishtirokidagi mundial saralashini o'zida qabul qilish uchun qancha harakat qilganini ko'rdik. Ularning klublar miqyosidagi musobaqadan bosh tortayotgani OCHLga nisbatan etiborning pasaygani to'g'risida fikr uyg'otadi.

4. Turnir nufuzini tushirib yuboradigan yana bir omil unda kuchsiz jamoalarning ko'payib ketishi. Avstraliya klublarining ishtirok etmayotgani va xitoyliklarning musobaqaga past nazar bilan qarayotgani shunday jamoalar sonini oshirdi.

Misol uchun, tarixda ilk bor musobaqada Filippin sharafini himoya qiluvchi 2 klub qatnashmoqda. Ulardan biri guruh bosqichiga "SHanxay Port" (Xitoy)ning 19 yoshlilardan iborat jamoasini engib chiqqan bo'lsa, boshqasi Avstraliya klublarining ishtirokdan bosh tortgani tufayli yo'llanmaga ega bo'ldi.

Qadrli muxlis, bu borada siz qanday fikrdasiz? OCHLga etiborning susayishi pandemiya davrida yuzaga kelgan aldamchi holtmi yoki haqiqatan turnirning saviyasi pasaydimi?

Muallif :
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика