So’nggi yangiliklar

21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  5 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7

Eldor Moyliev: "Vaziyatni o'nglash uchun yutmasak bo'lmasdi" Yangiliklar

Eldor Moyliev: "Vaziyatni o'nglash uchun yutmasak bo'lmasdi"

Bugun bo'lib o'tgan Superliga 13-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Surxon" (2:1) o'yinidan so'ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Eldor Moyliev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bu o'yinga juda jiddiy va puxta tayyorgarlik ko'rdik. Vaziyatni o'nglash uchun yutmasak bo'lmasdi. Kutilmaganda o'z xatomiz sabab tezkor gol o'tkazib yubordik. Lekin keyinchalik ikkita to'p kiritib g'alabani o'z tomonimizga og'dira oldik va buning uchun futbolchilarga rahmat aytaman. G'alabani esa G'uzor ahliga bag'ishlaymiz. Bizni qo'llab turgan muxlislarga ham alohida rahmat aytib qolamiz.

- O'tkazib yuborilgan gol haqida fikringiz?

- Futbolda hamma narsaga tayyor turish lozim. Biz buni doim yigitlarga uqtirib kelyapmiz. Biz hech qachon qo'lni tushirmaymiz va oxirigacha kurashamiz.

- Ikkinchi taym boshida himoyada o'zgarish bo'ldi. Bu nima bilan bog'liq?

- Raqib bir o'yinchi kam bo'lib qolgach, faqat hujumni o'yladik. Bilasiz, Jo'rabek Mannonov tezkor futbolchi va hujumga juda yaxshi qo'shiladi. Shu bois ham uni maydonga tushirdik.

- Javohir Hasanovning o'yini haqida fikringiz?

- Biz hamma qatori unga ham imkoniyat beramiz. Bugun Abror Toshqo'zievga imkon bergandik, mana o'zini ko'rsatib gol urdi. Boshqa futbolchilarda ham maydonga tushish uchun albatta imkoniyat bo'ladi.

- Jamoaga hujumchi kerak deb hisoblaysizmi? Chunki vaziyatlar bo'lyapti, lekin gol urishga jamoa qiynalyapti.

- Har matbuot anjumanida bu haqda so'z boryapti. Bizda 2006 yil tug'ilgan futbolchi hujum chizig'imizda o'ynayapti. To'g'ri aytdingiz, tajribali hujumchi kerak. Shuningdek, raqobat bo'lishi uchun qanotlarga ham kuchli o'yinchilar zarur. Tarkibimiz qanday ko'rinish olishini vaqt ko'rsatadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика