Elit OCHL. "Al Ahli" va "Al Nassr" qiyinchiliksiz yarim finalga yo'l oldi
27 apr 02:34
Yangiliklar


Elit OCHL. "Al Ahli" va "Al Nassr" qiyinchiliksiz yarim finalga yo'l oldi
Elit Osiyo Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi "Al Ahli" - "Buriram Yunayted" (3:0) va "Yokogama Marinos" - "Al Nassr" o'yinlari bo'lib o'tdi.
"Al Ahli" Tailand jamoasini qiyinchiliksiz taslim etdi. Saudiya Arabistoni jamoasi gollariga Riyad Mahrez, Galeno va Roberto Firmino mualliflik qildi.
"Al Nassr" ham yapon jamoasiga qarshi o'yinda qiyinchilik sezmadi. Jon Duran (27, 49), Sadio Mane (31) va Krishtianu Ronaldu (38)ning gollariga mezbonlar faqatgina 53-daqiqada Kota Vatanabening goli bilan javob berishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Qogan klublaram usin manawa wunaqa qilib arabla eplayapti yevropa futboliga intiilib tan beriwdiyan billiw kere yaponya karealada pul kami qulidan kesa op kesin eplasin ularam