OCHL-2021. Avstraliya klubi Toshkentga kelmaydi. Endi nima bo'ladi?

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2021
Xabaringiz bor, Toshkent shahri Osiyo chempionlar ligasining ikkita guruhi bahslariga mezbonlik qiladi.

Kecha Avstraliya klublari bu yilgi OCHLda ishtirok etishdan bosh tortishgani haqida xabar chiqdi. Buni OFK rasman e'lon qildi.

Toshkentda bo'ladigan "H" guruhida "Sidney" ishtirok etishi kerak edi. Biroq endi uning o'rnida Tailandning "Chiangray Yunayted" klubi ishtirok etadi.

Toshkentda 23 iyun kuni "Chiangray" va Janubiy Koreyaning "Tegu" klublari o'rtasidagi pley-off bahsi bo'lib o'tishi kerak edi. "Sindey" Toshkentga kelmagani uchun "H" guruhida bitta joy bo'shadi va o'sha o'rinni Tailand klubi egallaydi. "Tegu" esa o'z-o'zidan "I" guruhiga joylashadi. Bu haqda Alisher Nikimbaev ham telegramdagi o'z kanalida yozib qoldirdi.

Hozircha OFK bu xabarni rasman tasdiqlagani yo'q. Biroq Toshkentdagi ishchi guruh yuqoridagi vaziyatga tayyorgarlik ko'rmoqda.

"H" guruhi
"Chonbuk Xyunday Motors" (J.Koreya)
"Gamba Osaka" (Yaponiya)
"Tampines Rovers" (Singapur)
"Chiangray Yunayted" (Tailand)

"I" guruhi
"Kavasaki Frontale" (Yaponiya)
"Beyjing Goan" (Xitoy)
"Yunayted Siti" (Filippin)
"Tegu" (J.Koreya)



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia