KJCH. "Yuventus" "Vidad"ni yirik hisobda mag'lub etdi, Yildizdan dubl
22 iyu 23:03
Yangiliklar
KJCH. "Yuventus" "Vidad"ni yirik hisobda mag'lub etdi, Yildizdan dubl
Klublar o'rtasidagi jahon chempionati "G" guruhi 2-turidan o'rin olgan Turinning "Yuventus" hamda Marokashning "Vidad" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.
Jamoalar Filadelfiyadagi (Pensilvaniya, AQSH) "Linkoln Faynensheyl Fild" stadionida o'ynashdi. Unda "Yuventus" 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
O'yinning 6-daqiqasida "Vidad" himoyachisi Abdulmunaim Butuy o'z darvozasini ishg'ol qilib, hisobni ochdi. 16-daqiqada yarim himoyachi Kenan Yildiz Andrea Kambyazoning uzatmasidan so'ng turinliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Uchrashuvning 25-daqiqasida Tembinkosi Lorch marokashliklar uchun hisobni qisqartirdi. 69-daqiqada Yildiz dublni rasmiylashtirdi. 90+4-daqiqada Dushan Vlaxovich penaltini aniq amalga oshirib, o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi - 4:1.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда
Fikrlar