"Aston Villa"ning muhim futbolchilari "Arsenal"ga qarshi o'ynamaydi
28 dek 2025 10:48
Yangiliklar
"Aston Villa"ning muhim futbolchilari "Arsenal"ga qarshi o'ynamaydi
"Aston Villa" navbatdagi uchrashuvida ikki muhim futbolchilari xizmatidan foydalana olmaydi.
Metti Kesh va Bubakar Kamara kartochkalari to'planib qolgani sababli, 30 dekabr kuni "Arsenal"ga qarshi o'tadigan uchrashuvda qatnashmaydi.
Ularning ikkisi ham "Chelsi" bilan uchrashuvda Styuart Ettuell tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
Qayd etish kerak, tomonlar birinchi davradagi o'yinini 6 dekabr kuni o'tkazgan va unda "Aston Villa" 2:1 hisobida g'alabaga erishgandi. O'sha kuni Kesh birinchi golni urgan, 95-daqiqada Emiliano Buendianing goliga Kamara assist vazifasini bajargandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar