Krishtianu Ronaldu Al Nassrning Elit OCHLning finaliga chiqa olmaganiga munosabat bildirdi
01 may 2025 08:58
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu Al Nassrning Elit OCHLning finaliga chiqa olmaganiga munosabat bildirdi
Kecha Al Nassr Elit OCHL musobaqasining yarim finalida Kavasakiga mag'lub bo'ldi va musobaqa bilan xayrlashdi.
Uchrashuv yakunidan so'ng saudiyaliklar sardori Krishtianu Ronaldu barchaga minnatdorchilik bildirdi.
«Bazida orzularni kutishga to'g'ri keladi. Men bu jamoa va maydonda bergan barcha narsalarimiz bilan faxrlanaman. Bizga ishongan va har qadamda bizni qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat. Sizning qo'llab-quvvatlashingiz biz uchun hamma narsadan muhim», — deb yozib qoldirgan Ronaldu o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar