So’nggi yangiliklar

02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  0 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  0 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  126 00:35Погба янги клуби деярли маълум  2 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  71 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  5

Superliga. "Sho'rtan" o'z maydonida bir kishi kam "Surxon" ustidan irodali g'alabani tantana qildi Yangiliklar

Superliga. "Sho'rtan" o'z maydonida bir kishi kam "Surxon" ustidan irodali g'alabani tantana qildi

Superliga 13-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" – "Surxon" bahsi bo'lib o'tdi.

Superliga

13-tur

"Sho'rtan" – "Surxon" 2:1

G'uzor. "Markaziy" stadioni. 20:00

Gol: G'anisher Qodirov (Azizbek Pirmuhammadov) 45+1', Abrorbek Toshqo'ziev 65' – Humoyun Sherbo'taev (Dostonbek Tursunov) 7'

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G'iyosov

Zaxira hakami: Alisher Rahimqulov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

VAR: Nikita Mustafin

AVAR: Aleksandr Burov

Komissar: Sherzod Rajabov

"Sho'rtan": 1.Shoxruhjon Eshbo'taev, 3.Shohjahon Sultonmurodov, 4.Ulug'bek Xudayberdiev, 6.Sirojiddin Qo'ziev, 10.Temur Mamasidiqov, 19.Nuriddin Hasanov (8.Shahboz Nuriddinov, 58), 22.Sardor Sadullaev (15.Jo'rabek Mannonov, 46), 24.Doniyorjon Narzullaev, 33.Bekjon Rahmatov (77.Asadbek Saitxonov, 78), 45.G'anisher Qodirov (14.Abrorbek Toshqo'ziev, 46), 55.Azizbek Pirmuhammadov (99.Komron Saydazimov, 90+1).

Zaxira: 35.Sherzodbek Abduraimov, 7.Bekzod Suvonov, 9.Shahzod Nematjonov, 11.Daler Sharipov.

"Surxon": 1.Artyom Potapov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 5.Jamaldin Xodjaniyazov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov (17.Jahongirbek Abdusalomov, 71), 8.Humoyun Sherbo'taev (18.Nodir Abduxoliqov, 46), 11.Abdug'afur Haydarov (77.Asadbek Karimov, 71), 24.Sherzodjon Komilov, 27.Asilbek Jumaev (88.Dmitriy Kratkov, 79), 66.Behro'z Shaydulov, 99.Sunnatilla Poyonov (22.Javohir Jo'raev, 46).

Zaxira: 16.Dilshod Yo'ldoshev, 4.Nodirxon Nematxonov, 15.Diyor Ramazonov, 23.Komronbek Yusupov.

Ogohlantirishlar: Ulug'bek Xudayberdiev (11), Dostonbek Tursunov (12), Jamaldin Xodjaniyazov (47), Behzod Shamsiev (61), Azizbek Pirmuhammadov (90), Shahboz Nuriddinov (90+1).

Chetlatish: Sunnatulloh Hamidjonov (32).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+8. O'yin tugadi."Sho'rtan" g'alaba qozondi 2:1.

90+1. "Sho'rtan"da o'zgarish: Pirmuhammadov o'rniga Saydazimov tushirildi. 

90+1. Nuriddinovga qoida buzish uchun sariq kartochka ko'rsatildi. 

90. Ikkinchi taymga 8 daqiqa qo'shildi. 

90. Pirmuhammadovga tibbiy yordam ko'rsatildi. Vaqtni cho'zayotgani uchun unga sariq kartochka ham berildi. 

84. Uuuux! Narzullaevning uzatmasidan so'ng Mamasidiqov to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'naltirdi, Potapov uni qaytardi! Qoyilmaqom seyv! 

79. "Surxon"da o'zgarish: Jumaev o'rniga Kratkov maydonga tushdi. 

78. "Sho'rtan"da almashtirish: Rahmatov o'rniga Saitxonov uchrashuvni davom ettiradi. 

73. Zarbaa! Narzullaevning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng Potapov to'pni ilib olishga erishdi. Sal qolsa, to'p darvozadan joy olardi. 

72. Asilbek Jumaev jarima maydonchasi isiga yorib kirdi, ammo himoyachini aldab o'tolmadi va zarba berolmadi. Bu paytda esa ofsayd ham qayd etildi. 

71. "Surxon"da 2 ta almashtirish: Haydarov o'rniga Karimov, Tursunov o'rniga Abdusalomov bahsni davom ettiradi. 

65. GOL! Himoyachidan qaytib kelgan to'pni zaxiradan tushgan Toshqo'ziev darvozaga yo'llab, hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi! 

64. "Sho'rtan" nazoratni qo'lga olib, hujumga tayyorgarlik ko'rmoqda. 

61. Shamsiev Nuriddinovga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. Qoida buzgan futbolchining o'zi jabrlandi va unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

60. Shamsiev va Abduxoliqov hakamga jiddiy etiroz bildirishmoqda. Ular Pirmuhammadovga sariq berish lozimligini takidlashmoqda. 

58. "Sho'rtan"da o'zgarish: Hasanov o'rniga Nuriddinov bahsga qo'shildi. 

55. Abdug'afur Haydarov hujuchda qo'pollik ishlatdi va hakam qoida buzish qayd etdi.

52. Potapov to'pga intilish chog'ida himoyachi bilan to'qnashib ketib lat edi, unga tibbiy yordam namoyish etildi. 

47. Xodjaniyazov yon hakamga jiddiy etiroz bildirgani uchun bosh hakam tomonidan ogohlantirildi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Surxon"da 2 ta almashtirish: Sherbo'taev o'rniga Abduxoliqov, Poyonov o'rniga Jo'raev tushirildi. 

46. "Sho'rtan"da 2 ta o'zgarish: G'anisher Qodirov o'rniga Toshqo'ziev, Sadullaev o'rniga Mannonov tushdi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob – 1:1. Tanaffus! 

45+3. Uuux! Jumaev darvozabon bilan birga-bir chiqib borib, uni aldashga kirishib ketishi oqibatida ancha kechikdi va hatto zarba ham berolmadi. Anirog'i, ancha kech zarba bergani uchun to'p himoyachiga tegdi. 

45+3. Bosh hakam o'zi VAR monitori tomon yo'l oldi va vaziyatni o'rganib, golni inobatga oldi. 

45+3. VAR gol bilag bog'liq vaziyatni o'rganib chiqmoqda. Kutamiz. 

45+1. GOL! Pirmuhammadovning bosh bilan bergan pasidan so'ng Qodirov bosh bilan to'p kiritib, hisobni tenglashtirdi – 1:1!

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi. 

40. Zarbaa! Sirojiddin Qo'zievning chap oyoqda olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

38. "Sho'rtan" azosi Qodirov maydonda yotibdi, hakam uning holidan xabar olmoqda. Hammasi joyida. Davom etamiz. 

36. Uuux! Artyom Potapov ancha oldinga chiqib ketdi va to'pni qaytardi. Qodirov bo'sh qolgan darvozaga to'g'ri zarba berolmadi. 

32. Bosh hakam qarori haqiqiy shok! Hamidjonov maydondan chetlatildi! Mehmonlar bir kishi kam bo'lib qolishdi...

31. Pirmuhammadov jarima maydonchasi ichida yotibdi, uni to'psiz holatda Hamidjonov turtib yuborgan ekan. Hakam VAR monitori tomon yo'l oldi. 

30. Zarbaaa! Haydarovning uzoq burchak tomon yo'llagan zarbasini Eshbo'taev bartaraf etdi! Mezbonlar posboni jamoasini muqarrar goldan qutqardi desak adashmaymiz. 

29. Uuux! Jumaev Tursunovni qulay pas bilan taminladi, uning ichkariga oshirib bergan to'piga esa hujumchi Haydarov ulgurmay qoldi. 

27. G'anisher Qodirov birga-bir holatga chiqib ketishiga bir baxya qoldi, ammo so'nggi pallada Behzod Shamsiev to'pga tashlanib, uni darvozabonga uzatib berdi. 

23. Bu gal xuddi shu nuqtada Shamsiev va Qodirov bosh bilan to'qnashdi. Ularga darhol tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

22. Sherbo'taev va Qo'ziev maydon markazida to'qnashib ketdi. Dastlab "Surxon", keyin "Sho'rtan" vakili o'rnidan turdi. 

20. Shaydulovning qanotdan amalga oshirgan uzatmasidan keyin g'uzorlik himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. 

17. Zarba! Abdug'afur Haydarovning chap oyoqda bergan zarbasi to'g'ri darvozabonga bordi va to'p egallandi. 

16. "Sho'rtan" hujum tashkil qildi, ammo so'nggi pallada Sadullaevning texnikasi pand berishi oqibatida to'p yo'qotildi. 

14. Zarbaa! Tursunovning o'ng oyoqdagi kuchli zarbasini Eshbo'taev qaytarishga erishdi. Navbatdagi etirofga loyiq seyv! 

12. Tursunov Qodirovga nisbatan fol ishlatdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

12. Zarbaaa! Komilovning jarimadan yo'llagan zarbasi rikoshet orqali xavfli ko'rinish kasb etdi. Eshbo'taev zarbani bartaraf etdi. Chiroyli seyv! 

11. Xudayberdiev Komilovga nisbatan qo'pol harakat qildi va sariq kartochka oldi. 

7. GOL! Jumaevning driblingi va Tursunovning muvaffaqiyatsiz zarbasidan so'ng to'p Humoyun Sherbo'taevga kelib tushdi va u o'ng oyoqda darvozani ishg'ol qildi – 0:1!

5. Xodjaniyazov himoyadan turib uzun pas amalga oshirib ko'rdi, to'p to'g'ri Eshbo'taevga kelib tushdi. 

2. Abdug'afur Haydarov raqib himoyachisidan to'pni olib qo'yishga harakat qilib, oyog'ini biroz balandga ko'tarib yubordi, hakam o'yinni to'xtatdi. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

- O'yin 20:00 da start oladi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
22 iyu 22:16:13
BAXODIRBEK DUSTNAZAROV
Surxonig murabiysini almashtirish kerak faqat magʻlubiyat ????????????????
+1   
22 iyu 22:09:33
messi lion
Шарманда сурхон кунталар

   
22 iyu 23:43:23
С.А. Хожиевич
Билиниб турибди кайси каманда ю
"ютиши" зарур уйинлар тв да жонли курсатилмади нефтчи бухорони офсайтдан гол уриб ютиб кетди. шуртанга судялар то ютишигча паддержка килди. Сценариялар оклади
   
22 iyu 23:43:22
С.А. Хожиевич
Билиниб турибди кайси каманда ю
"ютиши" зарур уйинлар тв да жонли курсатилмади нефтчи бухорони офсайтдан гол уриб ютиб кетди. шуртанга судялар то ютишигча паддержка килди. Сценариялар оклади
-1   
22 iyu 20:28:59
Бахтиёр Ашуров
Қайси каналда кўрсатиябди?
-1   
22 iyu 20:22:56
Bahodir
Qani jonli efir tvda ???
-1   
22 iyu 20:06:48
Odil kichkina
Буларни ўйини кўрсатилмайдими
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика