So’nggi yangiliklar

03:00Мундиал тарихи. Омадли турклар, 64 соат учган корейслар, қўзғолон бошлаган мағлубият ҳамда допинг қабул қилган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:51Франция. ПСЖ кетма-кет бешинчи ғалабасини қайд этди  0 02:44А Серия. 0:2дан 6:2 - "Интер" пешқадамликни сақлаб қолди  2 01:50"Наполи" футболчисини "Ноттингем"га ижарага берди  1 01:25Артета: "МЮ қарши ҳужумларда "қотил"  0 00:50"Арсенал" "Атлетико"га бир неча таклиф жўнатди  2 00:31Нани "Актобе"да қанча маош олади?  2 00:10"Ливерпуль" футболчиси "Тоттенхэм"га ўтишга яқин  1 23:49"Барселона" Ферминнинг агентлари билан музокаралар ўтказди  1 23:30Назорат ўйини. "Сўғдиёна" Сербия жамоасига мағлуб бўлди  1 23:17"Арсенал" футболчисини "Марсель"га ижарага берди  1 23:14"Ғазалкент" ва "Каттақўрғон" жамоалари назорат ўйини ўтказди  4 22:59U-23 Осиё Кубоги. Вьетнам Жанубий Кореяни мағлуб этиб, бронза медалларига эга чиқди  0 22:43"Металлург" қайтди! Бу қандай эълон қилинди?  0 22:29"Актобе" Халкни ҳам жамоага олиб келиши учун қанча маош тўлаши керак эди?  3

Bahrom Haydarov: "Bugungi natija adolatli bo'ldi" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Bugungi natija adolatli bo'ldi"

Superliga 13-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng (2:0) qo'qonliklar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Paxtakor"ni tabriklayman. Ular bugun haqli ravishda g'alabaga erishdi. Jamoamga "svejest" etishmadi, biz bor-yo'g'i uch kun oldin o'yin o'tkazgandik. Darvozabonimiz ham juda yaxshi o'yin namoyish etdi. 0:1 hisobidagi vaziyatda bizda ham vaziyatlar bo'lgandi. Bugungi natija adolatli bo'ldi deb o'ylayman", - deya fikr bildirdi Bahrom Haydarov.

- Jamoaviy o'yin borasida muammo bormi?

- Deyarli yangi jamoa tuzdik. Ko'pchilik futbolchilar o'tgan mavsumda Pro-Ligada ishtirok etishgandi. Ularga biroz mahorat etishmayotgandek. Mahoratli Bahrom Abdurahimov, Husniddin G'ofurov va Hasanov kabi futbolchilarimiz esa hozir yaxshi sport holatida emas. Harakat qilyapmiz. Lider sifatida maydonda to'pni ushlab qoladigan futbolchi topilmayapti. Jamoaviy o'yinga etib kelamiz. Ikkinchi davrada o'zgarish qilamiz.



- Jamoangizda markaziy himoyachilar jarohat olishgandi. Bugun Jasur Yoqubov maydonga qaytdi. "Paxtakor" bugun ko'plab vaziyatlar yarata oldi. Markaziy himoyachilarning o'yiniga baho berib o'tsangiz?

- Juda ham qiynaldik. Faqatgina Yoqubov bugungi uchrashuvda ishtirok etdi. Andro Giorgadze va Asliddin Toshtemirov o'ynab kelayotgan edi. Ikkalasi ham birdagina jarohat olgani bizga qattiq tasir qilmoqda. OKMK va "Nasaf"ga qarshi uchrashuvlarni hisobga olmaganda ham, "Mashal" va Kubokdagi "Bunyodkor"ga qarshi o'yinlarda ularning yo'qligi pand bermoqda. Biz ko'proq himoyaga etibor berishimiz kerak, sababi biz birinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynashga qiynalamiz. Yoqubov bugun yaxshi o'ynadi, ammo chap tarafda himoyachi yo'q. Akramov va Hasanov himoyachi emas. Hozir himoyachi qidiryapmiz, yaxshi himoyachilarning esa narxi baland. Yoshlarni tarbiyalashga esa vaqt kerak.

- Futbolchilik faoliyatingizda ham "Paxtakor"ga qarshi o'ynagansiz. "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvlardagi ko'pchilik raqiblarning o'yini qovushmaslikka nima sabab? Ruhiy tomonlama muammo bo'ladimi yoki mahorat etishmasligi?

- Ikkisiga ham bog'liq, ammo ruhiy jihatni birinchi o'ringa qo'ygan bo'lardim. Maydonda qarshingizda Igor Sergeev va Hojiakbar Alijonov tursa, oson emas. Tarkibimizdagi futbolchilar hali lider jamoalarda o'ynab ko'rmagan va shunday o'yinlarda farq sezilmoqda. "Paxtakor"ning ko'p futbolchilariga qarshi o'ynasa bo'ladi. Shu sababli birinchi o'ringa mahoratni qo'yaman. Futbolchilarimiz grand jamoalarga qarshi tengma-teng o'ynay olishi uchun, bir yoki ikki mavsum davomida kamida medallar uchun kurashadigan jamoalar safida o'ynashi kerak. Bu mening fikrim.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика