So’nggi yangiliklar

19:25Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Венгрияга қарши ўртоқлик ўйинлари ўтказади  3 19:06Футбол олами. Хайр, "Насаф", ОКМК ва "Локомотив": Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичи якунлари   2 18:40Карвонларга посбон бўлган сарбон билан Париж сари борамиз  3 18:25"Атлетико" Облакни сотишга тайёр  4 17:56Баҳром Вафоев номидаги стадион прожекторлари талаб даражасига етди  3 17:32"Сурхон" собиқ устози "Нефтчи"да иш бошлади  5 17:15Ўзбекистонлик назоратчи Ироқ – Индонезия баҳсида фаолият юритади  2 16:49Ана холос! Испания УEФА ва ФИФА шафелигидаги мусобақалардан четлаштирилиши мумкин  10 16:30U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон финалда Японияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  11 16:10Модрич афсонавий Ференц Пушкаш рекордини янгилади  4 15:40 "Бунёдкор" академияси тарбияланувчилари Хорватияга боради   0 15:20Ихтиёр Ропиев: "Осиё кубогидаги энг яхши ўйинимиз Эрон билан бўлди"  1 14:59U-23 Осиё Кубоги финалини эронлик ҳакам бошқаради  2 14:33"Челси" "Манчестер Сити" юлдузига кўз тикди  2 14:07Рауль Германиядан таклиф олди  1

"Neftchi" bilan shartnoma imzolagan Lutfulla To'raev bilan suhbat Yangiliklar

"Neftchi" bilan shartnoma imzolagan Lutfulla To'raev bilan suhbat

Farg'onaning “Neftchi” jamoasi o'z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Bugun klub o'z safiga “Bunyodkor”ning tajribali yarim himoyachisi Lutfullo To'raevni qo'shib oldi. SHundan keyin To'raev bilan qisqacha suhbatlashib, yangi jamoasiga o'tishi borasida fikrlariga quloq tutdik.

- “Neftchi”ga Ilhom Mo'minjonov taklifi bilan kelib qo'shildim. U kishi ikki oy oldin telefon qilgandi hamda o'zaro ko'rishib olgandik. O'shanda Mo'minjonov meni “Neftchi”da o'ynashimni istashini malum qilgandi. Klub o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yayotganini aytgandi.

Xabaringiz bor, “Neftchi” o'z tarixiga ega bo'lgan jamoalardan biri hisoblanadi. Klub o'z mavqeini ko'tarish yo'lida harakat qilmoqda. Joriy yilda o'z oldiga katta maqsad va rejalar tuzgan. Ishonamanki, bu klub safida ham yorqin o'yinlar ko'rsatib, klubning mavqeini ko'tarishga intilmoqchimiz. Superligada yaxshi ishtirok etishni maqsad qilganmiz.

To'g'risi, “Neftchi”dan boshqa jamoalardan taklif olganim yo'q. Qolaversa, Ilhom akaning o'zi birinchi bo'lib menga aloqaga chiqqanidan so'ng boshqa takliflarni ko'rib chiqishga hojat qolmagandi. 

“Bunyodkor” bilan bir yillik shartnomam bor edi. Lekin rahbariyat bilan o'zaro kelishgan holda shartnogma muddatini ikki tomonlama bekor qildik. SHuningdek, “qaldirg'ochlar” hisobiga ham malum miqdorda mablag' to'lab beriladigan bo'ldi", - deya fikrlarini yakunladi To'raev.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика