Elbek To'lqinov: "Jahon chempionati bejiz O'zbekistonga berilmaganini isbotlashga harakat qildik"
30 apr 17:25
Yangiliklar
Elbek To'lqinov: "Jahon chempionati bejiz O'zbekistonga berilmaganini isbotlashga harakat qildik"
O'zbekiston futzal terma jamoasi o'yinchisi Elbek To'lqinov Tailanddagi Osiyo kubogi taassurotlari bilan bo'lishdi.
"Osiyo kubogi yaxshi tashkillashtirildi. Eron bilan o'yinda biroz omadimiz kelmadi. Finalga chiqishga yaqin kelgandik. Bir qadam qolgandi. Tojikiston bilan o'yin ham qiyin bo'ldi. Oson raqibning o'zi yo'q. Nima ham derdim shunisiga ham shukur. Uchinchi o'rin bilan taqdirlandik.
Yarim finaldan keyin tushkun kayfiyatda edik. Barchamiz finalga chiqishni maqsad qilgandik. Yigitlar xarakter ko'rsata olishdi. Bizda xotirjamlik yo'q edi. Jahon chempionati bejizga berilmaganini isbotlashga harakat qildik",- deydi Elbek To'lqinov.
Fikrlar