Nazorat uchrashuvi: "Paxtakor" - "So'g'diyona" 0:0
13 fev 2014 15:17
Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi: "Paxtakor" - "So'g'diyona" 0:0
Asosiy tarkib azolari Turkiyaga jo'nab ketish oldidan "So'g'diyona"ga qarshi nazorat bahsida maydonga tushishdi.
"Paxtakor" stadionida kechgan uchrashuvda har ikki jamoa murabbiylari bir qator futbolchilarni tekshirib olish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Jumladan, Davron Mirzaev jamoamiz safida maydonga tushdi, biroq 18-daqiqada jarog'hat olib, maydonni tark etdi. Uchrashuv mobaynida har ikki jamoa o'yinchilari qulay vaziyatlarni yuzaga keltirishdi, ammo ulardan foydalanish hech kimga nasib qilmadi. Andreev, Karimov, Jasur Hakimovning urinishlariga aniqlik etishmadi. O'z navbatida Davron Fayziev shogirdlari ham ancha mazmunli o'yin namoyish qilganini takidlash joiz. Jizzaxliklar mavsumga tayyorgarlik jarayonida jamoaviy o'yinni yaxshi shakllantirib borishayotgani ko'zga tashlandi. Uchrashuv 0:0 hisobda yakunlandi. "Paxtakor" 15 fevral kuni Turkiyaning Antaliyaga shahriga navbatdagi yig'inni o'tkazish uchun jo'nab ketadi.
"PAXTAKOR" - "SO'G'DIYONA" 0:0
"Paxtakor": Lobanov, Merzlyakov, Miladinovich, Krimec, Ubaydullaev, Ismatullaev, Kozak, Andreev, Sergeev, Karimov, Mirzaev.
Zaxiradan tushganlar: Ribkin, Tursunboev, Masharipov, T.Hakimov, SHamsiddinov, Rekun, Maxsitaliev, Yusupov, Rajabov, J.Hakimov, Tolipov, Rogovanov.

Fikrlar