"Navbahor": Namangandagi yig'in boshlandi
28 fev 2017 13:37
Yangiliklar
"Navbahor": Namangandagi yig'in boshlandi
Bugun "Navbahor" azolari Namanganda to'planib, mavsumga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini boshlashadi.
Ayni paytda murabbiy va futbolchilar klub qarorgohiga yig'ilishga ulgurishdi. Kechki payt jamoamiz Namangandagi dastlabki mashg'ulotda qatnashishadi. Bu orada PFL 2017 yilgi chempionatning dastlabki turida xizmat qiladigan hakamlar ro'yxatini elon qildi. 4 mart kuni Namangandagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadigan “Navbahor” va “Obod” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni Hasan Ro'ziev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Ro'zievga qanotlarda Olim Abduvosilov va Sanjar SHoyusupovlar yordam berishadi. Andijonlik Akmal Rahimov esa zaxiradagi hakam vazifasini bajaradi. Namanganga nazoratchi sifatida Arslon Hotamov Roman CHernikov PFL vakili sifatida tashrif buyurishadi.
Fikrlar