"Navbahor": Hayitov ketdi, Ashurmatov keldi
13 fev 2014 19:38
Yangiliklar

"Navbahor": Hayitov ketdi, Ashurmatov keldi
Mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda olib borayotgan "Navbahor" tarkibida kichik o'zgarishlar ro'y berdi.
SHu paytga qadar o'tkazilgan mashg'ulotlarda qatnashgan himoyachi Mahsud Hayitovga murabbiylar shtabi javob berishni lozim topishdi. Hayitov o'tgan mavsum birinchi yarmini “Navbahor”da o'tkazgach, mavsum ikkinchi qismini “Kosonsoy”da o'tkazgandi. Endilikda futbolchi boshqa jamoadan qo'nim topishga urinib ko'radi.
O'z navbatida tarkibga yosh darvozabon Nodir Ashurmatov qo'shildi. 1994 yilning 1 iyul sanasida tug'ilgan posbon o'tgan mavsumda Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasida o'tkazgandi. SHunday bo'lsada, Ashurmatovga asosiy tarkibda maydonga tushish nasib etmagandi. Biroz oldinroq, murabbiylar shtabi jamoada uchinchi darvozabon sifatida faoliyat yuritgan Islom Jo'raevga javob berishgandi. Hozirda Jo'raev PFL kubogida ishtirok etayotgan “CHust-Paxtakor” safida maydonga tushmoqda.

Fikrlar