Nani: "Xorvatiya? Evroda g'olib bo'lish uchun yo'limizda uchragan barchani mag'lub etishimiz kerak"
23 iyu 2016 06:05
Yangiliklar
Nani: "Xorvatiya? Evroda g'olib bo'lish uchun yo'limizda uchragan barchani mag'lub etishimiz kerak"
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Nani Vengriyaga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
"Navbatdagi og'ir o'yin, ammo jamoa yaxshi harakat qildi. Biz uch bora hisobda ortda qoldik, lekin har safar javob golini urdik. Jamoamiz ruhan kuchli ekanligini isbotladik.
Endi pley-offni kutamiz, u erda hammasi boshqacha bo'ladi. Xorvatiya juda kuchli, ammo biz Evropa chempionatiga katta niyatlar bilan kelganmiz. G'olib bo'lish uchun yo'limizda uchragan barchani mag'lub etishimiz kerak. Xorvatiyadan boshlaymiz" - deydi Nani.
Fikrlar