Nani: "Xorvatiya? Evroda g'olib bo'lish uchun yo'limizda uchragan barchani mag'lub etishimiz kerak"

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2016, 06:05
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Nani Vengriyaga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.

"Navbatdagi og'ir o'yin, ammo jamoa yaxshi harakat qildi. Biz uch bora hisobda ortda qoldik, lekin har safar javob golini urdik. Jamoamiz ruhan kuchli ekanligini isbotladik.

Endi pley-offni kutamiz, u yerda hammasi boshqacha bo'ladi. Xorvatiya juda kuchli, ammo biz Yevropa chempionatiga katta niyatlar bilan kelganmiz. G'olib bo'lish uchun yo'limizda uchragan barchani mag'lub etishimiz kerak. Xorvatiyadan boshlaymiz" - deydi Nani.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com