Mutolaa uchun. "Union" birdan Iskoni rad etdi. Klub va o'yinchi bunga qadar ijtimoiy tarmoqlarda chiroyli tarzda bir-birlariga xushomad qilishgandi
01 fev 2023 14:49
Yangiliklar
Mutolaa uchun. "Union" birdan Iskoni rad etdi. Klub va o'yinchi bunga qadar ijtimoiy tarmoqlarda chiroyli tarzda bir-birlariga xushomad qilishgandi
U "Real"da o'tgan dahshatli 2021/21 yilgi mavsumdan so'ng (jami 14ta o'yin va atigi ikki bor asosiy tarkibda) faoliyatini Xulen Lopetegi qo'l ostida "Sevilya"da qayta uyg'otishga urindi, ammo istefodan so'ng yangi bosh murabbiy Xorxe Sampaoli bilan til topisha olmadi. Buning natijasida esa sport direktori Monchi bilan urushib qoldi va erkin agentga aylandi.
Media A Seriya jadvalining ikkinchi qismidagi klublarning qiziqishi va Saudiyaning "Al-Xalij" klubiga rad javobi (yangi chaqiriqning rad etilishi!) haqida yozdi.
Amalga oshishi haqiqatga yaqinroq variant Berlinning "Union" klubi edi. Bu haqda nemis jurnalist Florian Plettenberg xabar qildi.
Isko hattoki "Union" bilan 2024 yilga qadar shartnoma bo'yicha ham kelishuvga erishdi, ammo keyinroq bitim berlinliklar sabab (buni ham Iskoning atrofidagilar, ham klubning o'zi tasdiqladi) bekor bo'ldi. "Iskoni klubimizda ko'rishni xohlardik, ammo bizda cheklovlar bor. Biz ularni buzdik, shu sabab kelishuvga erishilgan bo'lsa ham, o'tish amalga oshmaydi", – deb tushuntirdi sport direktori Oliver Runert.
Boshqa nazariya ham mavjud: "Union" ispanni Konferenciyalar ligasi pley-offi uchun allaqachon shakllantirilgan qaydnomaga kiritmagani uchun Isko so'nggi lahzalarda klubni rad etgan bo'lishi mumkin.
CHiroyli hikoya bo'lishi mumkin edi – "Union" o'yinchilari Iskoni juda kutishgan edi
Oilaviy atmosferasi bilan tanilgan Berlin klubi Isko haqidagi mish-mishlardan mamnun bo'ldi.
O'yinchilar mashg'ulotlarda "Isko, Isko!" deb qichqirishdi, "Union" sardori Kristofer Trimmel esa "Gerta"ga qarshi derbidagi g'alabadan so'ng "Isko, bu sen uchun!" deb yozgan holda, surat joyladi.
Nafaqat "Union" o'yinchilari "U kelyapti" ruhidagi hazillar bilan izohlarda faol bo'lishdi, balki Iskoning o'zi ham bitta emodzi bilan javob qaytardi. Va bu postda u belgilanmagandi – aniqrog'i ispan berlinliklarning qiziqishidan aniq xabardor.
"Bu jahon darajasidagi o'yinchi. Hozir bu haqiqat emasdek tuyulmoqda, ammo u bizda o'ynashni xohlashi uchun sabab topilsa ajoyib bo'lardi", – deya Iskoning o'tishi haqida jiddiy gapirdi Trimmel.
Klub rahbariyati boshidanoq Iskoning paydo bo'lish ehtimolini unchalik istisno etmadi (hech bo'lmaganda u bilan muzokaralarni).
"Iskoni biz bilan bog'layotganlari faxr. Albatta, biz transfer bozorida faolroq ishlashimiz mumkin, bu so'nggi mavsumlardagi iqtisodiy va sport nuqtai nazaridan barchasi ajoyib ekanligi sababidir. Evrokuboklardagi ikkinchi yilimiz, bizga uch-to'rt yil oldin o'tgan o'yinchilar hali ham biz bilan", – dedi klub prezidenti Dirk Cingler.
"Bu borada undan so'rashingiz kerak. Ammo, bu chiroyli hikoya bo'lardi", – deya sport direktori Oliver Runert vaziyatga yanada qiziqarli tus berdi.
Isko oldin Ispaniyada ajoyib edi. Nima bo'ldi?
Ispan 2013/14 yilgi mavsum oldidan Karlo Anchelotti shtabidagi Zinedin Zidanning tavsiyasi bilan "Malaga"dan "Real"ga keldi.
"U texnikali o'yinlari bilan menga o'xshaydi", – dedi francuz.
Anchelotti esa: "Kim futbolni yaxshi ko'rsa, Iskoning o'yinini ko'rishni xohlaydi" deb qo'shimcha qildi.
Yosh yarim himoyachiga katta umidlar berildi. U "Real"ga CHL chorak finalida (ha-ha, "Malaga" qachonlardir hayron qoldirgan) o'yinlar tajribasi bilan super iqtidor (2012 yili La Ligadan yil kashfiyoti va o'sha yili Tuttosport'dan Golden Boy mukofoti) sifatida keldi.
Isko "Real"da ham ajoyib o'yinlarini davom ettirdi, klub va terma jamoa etakchilaridan biriga aylangan holda Inestaga solishtirildi. Keyin esa mojarolar boshlandi.
Futbolchi 2018 yilda o'sha paytda "Real"ni shug'ullantirgan Santyago Solari bilan janjallashib qoldi, so'ngra esa Zidan va Anchelotti bilan ikkinchi kelishida kelisholmadi. U "Sevilya"da Xorxe Sampaoli bilan til topisha olmadi. Mutaxassini murabbiy sifatida tayinlashganidan 4 oy o'tib klubdan ketdi.
Achinarli statistika:
2016/17 yilgi mavsum: 30ta o'yin, 10tagol
2017/18 yilgi mavsum: 30ta o'yin, 7ta gol
2018/19 yilgi mavsum: 27ta o'yin, 3ta gol
2019/20 yilgi mavsum: 23ta o'yin, 1ta gol
2020/21 yilgi mavsum: 25ta o'yin, 1ta gol
2021/22 yilgi mavsum: 14ta o'yin, 1ta gol
2022/23 yilgi mavsum: 12ta o'yin, gol yo'q
Isko shu bilan birga kinoyali gap aytdi. Muvaffaqiyatsiz o'tgan 2021/22 yilgi mavsumdan shunday xulosa chiqardi: "Yilni aqlbovarqilmas darajada o'tkazdim".
Isko qattiq va tezkor kurashda yo'qolib qoldi. Ispan matbuoti uni sekinligi, unchalik fidoyi emasligi (Fede Valverdeni o'rnak qilishdi)ni qoralashdi va uning uslubi zamonaviy futbol talablari to'g'ri kelmasligini takidlashdi.
So'ngra "Sevilya"dagi yarim yil, u Andalusiyaga murabbiy Xulen Lopetegi uchun kelgandi, ammo oktyabrda murabbiyni istefoga chiqarishdi va u kelisha olmagan Xorxe Sampaoli keldi. Sport direktori Ramon Monchi bilan janjallashdi. Yanvardayoq o'yinchi bilan shartnomani bekor qilishdi.
"Union"ning ishlari qanday?
"Union" haqida qisqacha. Berlinliklar to'rt yildan beri Bundesligadalar va natijalari yildan-yilga yaxshilanmoqda. 11, 7, 5-o'rin – yaqqol rivojlanishni ko'rishimiz mumkin. SHuningdek Evropa ligasiga ham chiqishdi.
"Union" shu bilan birga oilaviy atmosferasini saqlab qolmoqda. Oddiygina misol: ko'plab klublarning saytidagi murabbiylar shtabi ro'yxatida avtobus haydovchisi, shuningdek uning surati bormi? "Union"da bor! Martin SHefter bir vaqtning o'zida ham jamoa rahbari, ham haydovchisi.
O'tkazib yuborgan bo'lishingiz mumkin, ammo "Union" hozirda Bundesligada "Bavariya"ning asosiy taqibchisi. Berlinliklar mavsum restartidan so'ng uchta o'yinda g'alaba qozonishdi va "Bavariya"dan atigi bir ochko ortda borishmoqda.
Klub qishki transferlarga allaqachon 12 million evro tikdi: 8,6 million evroga "Seltik"dan Yosip Yuranovichni olishdi, "Ferencvarosh"dan tunislik Aissa Laydunini 4,1 mln evroga sotib olishdi, shuningdek "Volfsburg"dan Jerom Russiyonni o'z saflariga qo'shib olishdi.
Darvoqea, Yuranovich eng qimmat transferga aylandi (o'tgan yili "Liverpul"dan xarid qilingan, so'ngra "Nottingem Forest"ga 20 mln evroga sotilgan Tayvo Avoniyi bilan birga). Ha, transferlarga pul sarflash "Union" uchun odatiy hol emas, berlinliklar odatda erkin agentlar bilan shartnoma imzolashni afzal ko'rishadi.
Isko trendni davom ettirishi mumkin edi, ammo barchasi barbod bo'ldi.
Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar