So’nggi yangiliklar

19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  13 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  1 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

Murod Otajonov: "Yangi bosh murabbiy kelganidan keyin "Buxoro"da yaxshi tomonga o'zgarishlar bor" Yangiliklar

Murod Otajonov: "Yangi bosh murabbiy kelganidan keyin "Buxoro"da yaxshi tomonga o'zgarishlar bor"

Coca Cola Superligasi 5-turi doirasida "Buxoro"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida "Bunyodkor" bosh murabbiyi Murod Otajonov ishtirok etdi.


- G'alabalardan keyin bunday o'yinlar yoqimli bo'ladi. Ikkala jamoa ham so'nggi daqiqagacha kurashdi. Kimdir yutqazishni xohlamadi, kimdir yutishni istadi. O'yinga bixga maqul keldi. Muxlislar uchun qanday bo'lganini bilmayman. Qiyin o'yin bo'lganini barcha ko'rdi. Ikki jamoa ham bir-biriga mos keldi. O'yin ham chiroyli bo'ldi. O'yinga ko'plab ishqibozlar keldi. Agarda bizdan ham shuncha muxlis kelganida, xursand bo'lib ketishardi. Futbol shunday - bir jamoa yutadi, biri yutqazadi. G'alabadan xursandmiz. Yangi bosh murabbiy kelganidan keyin "Buxoro"da yazshi tomonga o'zgarishlar bor. Buni biz raqibdan kutgandik va bu namoyon bo'ldi. Yigitlar o'yindan oldingi ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi va mana g'alabaga erishish nasib qildi.

- O'yin oldidan g'alabani kutganmidingiz?

- Kim bizni bu erga yutqazish uchun kelgan deb o'yladi. G'alaba uchun kelgandik. Nasib qilgani bo'ladi. Demak, bugun bizning kunimiz ekan.

- Ikki jamoaning o'rtacha yoshida farq juda katta. "Bunyodkor"ning o'rtacha yoshi 22 bo'lsa, "Buxoro"da bu yosh 32ga teng. O'yinda buning ham tasiri bo'ldimi?

- Tabloga qarasak, balki, tasiri bo'lgandir. Yosh bolalar bo'lgani uchun 95-daqiqada uch futbolchimiz hujumga o'tib ketdi va ikkinchi golni urishdi. Yosh yigitlar raqiblaridan chaqqonlik bilan o'tib ketishdi. 

- Jamoaga qo'yilgan vazifa qanday?

- Qancha baland bo'lsak, shuncha yaxshi. CHempionlik deyolmaymiz. CHunki bizga tajriba kerak, futbolchilar juda yosh. Ha, yo'q emas, tajribali futbolchilar ham bor. O'tgan o'yindan keyin ham aytgandim, yosh futbolchilarimiz shu tajribalilarga qarab o'rnak olib, yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilishmoqda. SHu sababli turnir jadvalida qancha baland bo'lsak, shuncha yaxshi.

- "Bunyodkor"ning bir necha yillar oldingi birinchi raqamli darajaga qaytishiga ishonasizmi?

- Buning uchun katta mehnat kerak. Barcha sohada pasayish, ko'tarilish bo'ladi. Sekin-sekin oyoqqa turishga, respublika chempionatlarida birinchi raqamli bo'lishga harakat qilib kelyapmiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика