So’nggi yangiliklar

00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  15 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10

43 yoshigacha to'p tepgan, O'zbekistonning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Pavel Bugalo 51 yoshda Yangiliklar

43 yoshigacha to'p tepgan, O'zbekistonning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Pavel Bugalo 51 yoshda

Tavallud ayyomini nishonlayotgan futbol ahlini hayotlaridagi unutilmas kun bilan muborakbod etishda davom etamiz.

Bugun o'zbek futboli tarixida yorqin iz qoldira olgan, bir nechta rekordlar sohibi, 43 yoshigacha to'p tepgan tajribali darvozabon Pavel Bugalo tavallud topgan kun. Pavel Viktorovich bugun 51 yoshga to'ldi. 


Etiborlisi, Bugalo bugun qadrdon jamoasida ishlamoqda. Pavel Bugalo futboldagi ilk qadamlarini "Paxtakor"da tashlagan, 1992-1999 yillarda "sherlar" darvozasini qo'riqlagan. 

" Bu klubda uzoq vaqt o'ynaganman. Men uchun "Paxtakor" oilamdek gap",- deydi sobiq kiper.

Mirjalol Qosimov, OKMK bosh murabbiyi

"Pasha bilan ko'p yil birga o'ynadik va bugungi kunda ham bir jamoadamiz. U haqda ko'p gapirish mumkin. Futbolga mehri sabab 43 yoshigacha maydonda to'p tepdi. Hayotda ham ajoyib inson. Tabiatan ancha bosiq, kamtar va kamgap. Ishonchim komil, undan yaxshi murabbiy etishib chiqadi. O'zi singari mashhur, sovrindor darvozabonlarni terma jamoalarimizga tayyorlab beradi"


 

Pavel Bugalo haqida ko'p va xo'p gapirish mumkin. Haqiqatan ham, ism-sharifi katta xarflar bilan yoziladigan darvozabonimiz bir futbolchi erishishi mumkin bo'lgan muvaffaqiyatlar sohibidir. U professional futbolchilik faoliyatini 1991 yili "Chirchiq" jamoasida boshlagan. Keyinchalik "Paxtakor", "Alaniya" (Rossiya), "Jenis", "Jetisu", "Ordabasi" (uchchalasi Qozog'iston), "Bunyodkor", "Andijon", "Lokomotiv" klublari sharafini himoya qildi. Bugalo 1992 yili ilk marotaba o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida ishtirok etib, 2017 yilgacha oliy ligada to'p tepgan yagona futbolchi hisoblanadi. 


U shuningdek, O'zbekistonning ikki karra eng yaxshi futbolchisi (1996, 1997) deb topilgan yagona darvozabon hamdir. Pavel "Paxtakor" (1992, 1998) va "Bunyodkor" (2008) jamoalari tarkibida uch karra O'zbekiston chempioni bo'lgan. 1993 va 1997 yillarda "Paxtakor", 2008 yili esa "Bunyodkor" safida O'zbekiston kubogiga ega chiqqan. 2002 yilda "Jenis" klubi bilan birga Qozog'iston kubogi sohibi ham bo'lgan. 1995-2007 yillar oralig'ida O'zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 

O'ylaymizki, Pavel Bugaloning murabbiylikdagi faoliyati ham yorqin davom etadi. Bundan keyin ham yangidan-yangi darvozabonlarni etishib chiqishida uning boy tajribasi asqotishiga shubha yo'q. Bugun 51 yoshni qarshi olgan Pavel Bugaloni "Paxtakor" rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari, barcha xodimlari, saytimiz ijodkorlari va muxlislar nomidan qizg'in muborakbod etamiz. Unga oilaviy tinchlik, sog'liq, baxt-saodat tilaymiz.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика