Lutfulla To'raev "Bunyodkor"ga qaytdi
20 avg 14:16
Yangiliklar
Lutfulla To'raev "Bunyodkor"ga qaytdi
O'z vaqtida "Mashal", "Nasaf", "Bunyodkor", OKMK, "Neftchi", "Lokomotiv" jamoalarida to'p tepgan Lutfulla To'raev o'tgan yildan boshlab murabbiylikka qadam qo'ygandi.
Dastlab "Neftchi"da Vitaliy Levchenkoga ko'maklashgan To'raev bu yil TFA va "Olimpik" U-19 jamoalarida faoliyat olib borayotgan edi. Endilikda u "Bunyodkor" klubining Birinchi ligadagi "Bunyodkor-Farm" jamoasida bosh murabbiyi sifatida faoliyatini boshladi. Unga murabbiylar shtabida Shuhrat Yo'ldoshev, Mirkamol Qosimov, Marat Galimov, Xurshid Hasanov, Azizbek Taslimov (mamur), Islom Mamajonov (shifokor) ko'maklashmoqda.
Malumot uchun, Lutfulla To'raev 2012-2013, 2019-2021 yillarda "qaldirg'ochlar" libosida harakat qilgan. O'zbekiston terma jamoasida 15 ta bahsda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar