Pep Gvardiola: "Hozir "Siti" APL chempionligi uchun kurashadigan holatda emas"
19 dek 21:59
Yangiliklar
Pep Gvardiola: "Hozir "Siti" APL chempionligi uchun kurashadigan holatda emas"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning hozirgi holatini baholadi.
Ertaga "shaharliklar" APLning 17-turida "Vest Xem" mehmoni bo'ladi.
"Biz tayyormiz. Ha, ularning natijalari zo'r emasdir, biroq ular "Old Trafford"da va "Brayton" maydonida durang o'ynashdi, "Aston Villa"ga faqatgina o'yin yakuniga mag'lub bo'ldi. Tarkibida top-darajadagi futbolchilar bor. O'tmishdagi qolib ketdi. Yaxshi o'yinlarimiz ham yomon o'yinlarimiz ham.
Bizda ham natijalar yomon emas, lekin nimalarnidir yaxshilash kerak. Jamoaning mentaliteti va o'ziga bo'lgan ishonchi yuqori. Biroq biz chempionlik uchun kurashadigan holatda emasmiz", - dedi Gvardiola.
"Shaharliklar" peshqadam "Arsenal"dan 2 ochko kamroq, 34 ochko bilan APL turnir jadvali bilan 2-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar