Gvardiola "Manchester Siti"dan ketishi ehtimoli haqida: "Men umrbod bu yerda qola olmayman"

Mirjalol Normatov
19 dek 2025, 23:53
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yozda jamoadan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Bu yerdan ketishim haqida gapirishmoqda, bir kun kelib, albatta, bu yerdan ketaman. Shartnomam bo'yicha 18 oy vaqtim qoldi va men jamoamdan mamnunman. Bu savol har yili menga beriladi. Bir kun kelib, bu amalga oshadi.

Qolishim bo'yicha bo'lgan savolga ham javob berdim. Hozir shu yerdaman. Nimalar bo'lib ketishini kim ham bilardi? 10 yillik shartnoma imzolaymanmi yoki 6 oylik farqi yo'q, futbol tez o'zgarmoqda. Hozir "Vest Xem" bilan o'yinga e'tiborimni qaratganman. Keyin esa golf o'ynayman. Shu", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC