So’nggi yangiliklar

14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  13 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  9 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7

Mirzahakim To'xtamirzaev: "Nikolay Ozerov - men uchun andoza" Yangiliklar

Mirzahakim To'xtamirzaev: "Nikolay Ozerov - men uchun andoza"

"90minutuz" podkastida mehmon bo'lgan taniqli sharhlovchi, "Do'stlik" ordeni sohibi Mirzahakim To'xtamirzaev sohada kimni namuna qilib ko'rsatish mumkinligini aytdi.

"Nikolay Ozerov — men uchun andoza. Buni doim gapirganman, yana gapirishim mumkin. Axbor akaning oxiratlari obod bo'lsin. U kishiga va Roman Turpishevga qoyil, ular ham zo'r ishlagan.

Nima uchun Ozerov? Birinchidan, hamma sportlardan yaxshi xabardor edi. Ikkinchidan, his-hayajon, emociya kuchli edi va boshqa sharhlovchilarga nisbatan sportchiga, murabbiyga bo'lgan munosabati qoyil qoldirgan. 

Boris Aleksandrov degan xokkeychini butun sobiq ittifoq qoralaganida, bitta Ozerov qo'llab-quvvatlagan. 19 yoshli yigit Ust-Kamenogorskdan Moskvaga CSKAga olib kelingan, terma jamoa tarkibidan joy olgan, jahon chempioni bo'lgan va diskotekaga borib, kimlar bilandir spirtli ichimlik ichgan. O'sha erda kimdir fotoapparatda rasmga olib, "Komsomolskaya pravda" gazetasida chiqargan. Butun ittifoqda yomonlashga kimdir kerak bo'lgandek edi. "Komsomol shaniga dog' tushirdi, sportdan chetlashtirilsin va hokazo" deb ketma-ket maqolalar chiqarilgan. Xuddi ataylab kimdir uni yo'qotmoqchi bo'lgandek tuyulgan. Ozerov shu bolanining tarafini olgan. Sport qo'mitasi Borisni ikkita o'yinga — shartli ravishda mavsum so'ngigacha diskvalifikaciya qilgan. Ikkita o'yin o'tib, uchinchisida maydonda paydo bo'ldi. O'shanda Ozerov: "Qadrli do'stlar, muzda Boris Aleksandrov ko'rinish berdi, uning atrofida nimalar bo'layotganini yaxshi bilasiz. Bitta narsani aytishim mumkinki, bu voqelik unga saboq bo'ladi. Bu yigit hali bizning mamlakatimizga ulkan g'alabalarni olib keladi. Men bunga ishonaman", deb aytgan. Bo'lmasa unga hech kim emasdi, qandaydir qarindoshi ham emasdi. 

Men buni bot-bot takrorlashimning boisi shundaki, sharhlovchining iborasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Orada yillar o'tib Aleksandrov xokkeydagi faoliyatini tugatganida, undan bu voqea haqida qiziqib, sinmaslik uchun qanday qilib o'zida kuch topganini so'rashgan. U esa: "Men sinib bo'lgandim. Ota-onam xokkeyni ko'rib, o'yindan keyin menga qo'ng'iroq qilgan. Ozerov senga ishonaman deb aytdi, deya voqeani so'zma-so'z aytib bergan. O'sha kundan boshlab shu odamning ishonchini oqlash uchun tinmay ishlaganman", deb javob bergan", – dedi ustoz Mirzahakim To'xtamirzaev.

"90minutuz" podkasti to'liq holda:


Reyting: +4   

Fikrlar

   
18 dek 17:36:05
leva8989
Mirzahakim aka futbol sharxlashga qaytsin deganlar plyus bosamiz.Bu inson Chempionship yoki Segunda jamoalari o'yinini sharxlasalar ham maza qilib futbol ko'radi odam
   
17 dek 19:54:07
Zohidjon Usarov
Озеровни узи хам хоккейни уйинини шархлаётган пайтда хоккейчи кулай позициядан гол ураолмаганида сукиниб юборган.Уша пайтда обруси жуда баланд эди футбол,хоккей, теннис буйича халкаро уйинларни шархлаш факат шу одамга ишониб тоширилар эди,аммо шу биргина сукиниб юборгани уни улкан карерасига нукта куйган хамма ёкда такикка учраган ичкиликка ружу куйиб юрак хасталигидан улиб кетган.
   
17 dek 19:44:12
From Earth
Тўғрисини айтилар, яна неча қисмга бўлиб смқарасизлар?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика