So’nggi yangiliklar

15:40Ирландия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйингача яхшилашимиз керак бўлган камчиликлар бор"  1 15:23Парагвай U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон – режалаштирган вазифани жуда яхши бажарадиган жамоа"  2 15:10Аргентина терма жамоасининг бўлажак ўйин учун қайдномаси эълон қилинди  0 14:36Умар Абдулраҳмоннинг "Манчестер Сити"га трансфери нега амалга ошмаган?  1 14:15Тонали: "Ньюкасл"да 10 йил қолиб, кейин бир неча йилдан кейин кетаман дея олмайман"  0 13:50Беларусь, Озарбайжон ва Тошкент клублари "Шўртан" футболчисига даъвогар  7 13:27А Серияда октябрь ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 13:00"Андижон" "Ростов"нинг ўзига хос рекордини янгилайдими?  7 12:36"Навбаҳор" охирги марта Олмалиқда ютганида Искандеров ва Марушич гол урганди  2 12:32ФИФА "The Best" мукофоти учун номзод футболчилар, мураббийлар ва дарвозабонларни эълон қилди  1 12:10"Бухоро" "Нефтчи"ни охирги марта қачон ютган?  13 12:07"Реал" қишки харидларга тайёр: Модрич ўрнига 3 нафар номзод  5 11:39Майами мэри Мессига шаҳар калитини топширди  11 11:11"Нефтчи", "Андижон", "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  7 10:42"Бавария"нинг асосий футболчиси "Реал"га ўтишга розилик берди  4

Shahboz Jo'rabekov: "Malini tartibga chaqirdim, u esa agressivlikka berilib ketdi. Kamida 1 ochkoga loyiq edik" Yangiliklar

Shahboz Jo'rabekov: "Malini tartibga chaqirdim, u esa agressivlikka berilib ketdi. Kamida 1 ochkoga loyiq edik"

Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Buxoro" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar himoyachisi Shahboz Jo'rabekov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqidagi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Ochig'ini aytsam, bugungi o'yin juda alamli bo'ldi. Bizga 1 ochko ham oltinga teng ochko edi. Harakat qildim, ammo o'yin so'ngida diqqatni yo'qotdik. Shuning ortidan ikkinchi golni o'tkazib yuborib, mag'lubiyatga uchradik. Hayot shunaqa. Futbol shunaqa. Bir kun yutasiz, bir kun yutqazasiz. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonib, boy berilgan ochkolar o'rnini to'ldiramiz degan umiddaman.

- "Buxoro"da murabbiylar o'zgarishi ro'y berishi. Bu jarayonning jamoaga tasiri sezildimi?

- Bosh murabbiyni jamoani tark etgach, ichki hissiyotlarda o'zgarish ro'y beradi. Psixologik stress kuzatiladi. Tushkunlikdan chiqib ketmasdan murabbiydan ayrilish qo'shimcha bosim yukladi. Biz professionalmiz. Futbolchi o'z ishini qilishi kerak. "Buxoro" va muxlislari uchun harakat qilyapmiz. Nasib etsa, hammasi yaxshi bo'ladi degan umiddaman.

- Maydonda sizni kurashuvchan futbolchi sifatida bilamiz. Shu bilan birga og'zaki bahslarda ham ko'p ishtirok etasiz. Bugun ham Mali bilan tortishib qoldingiz. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda ichki kechinmalaringizni ifoda etib borasiz. Bu bir-biriga teskari jarayon emasmi?

- Bugungi bahslashuv bo'lgan vaziyatda Abdujalilov bilan hazillashdim. Mali esa ortimdan kelib turtdi. Men uni tartibga chaqirdim, u esa agressivlikka berilib ketdi. Men javob qaytarishim kerak edi va shunday qildim. Futbol shunday sport turiki, unda emociyalarni boshqarish qiyin. G'alaba uchun, jamoa uchun o'ynagan paytingiz hamma narsani unutasiz.

- "Buxoro" keyingi turda turnir jadvalida yonma-yon borayotgan "Qo'qon-1912" bilan kuch sinashadi. Bo'lajak raqib so'nggi o'yinlarda g'alaba qozonmoqda. Bu uchrashuv qay darajada qiyin o'tadi?

- Bugungi o'yindan so'ng o'zimizga kelib olishimizga vaqt kerak. Bugun minimum 1 ochkoga loyiq edik. "Qo'qon-1912"ga qarshi bellashuvda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика