Lukaku: "Jarohatlar – futbolning bir qismi"
21 avg 2025 18:21
Yangiliklar
Lukaku: "Jarohatlar – futbolning bir qismi"
"Napoli" hujumchisi Romelu Lukaku "Olimpiakos" bilan o'rtoqlik uchrashuvida (2:1) olgan jarohati haqida gapirdi.
"Oxirgi bir necha kundagi xabarlar uchun barchangizga rahmat. Qo'llab-quvvatlovlar uchun juda minnatdorman. Ko'ngilsizliklar sodir bo'ladi va jarohatlar o'yinning bir qismidir. Lekin Xudoning marhamati bilan o'zimni yaxshi his qilyapman nima bo'lishidan qati nazar o'zimni yaxshi his etyapman. Tez orada ko'rishguncha", – dedi Lukaku.
Avvalroq Lukaku chap sonidan jiddiy jarohat olgani, buning uchun jarrohlik amaliyoti talab qilinishi haqida malumotlar paydo bo'lgandi.
Lukaku o'tgan mavsum 36 o'yinda ishtirok etib, 14 ta to'p kiritgan va 10 ta golga assistentlik qilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar