Lukaku qaytdi: oldinda Superkubok o'yini bor

Mirjalol Normatov
9 dek 2025
"Napoli" hujumchisi Romelu Lukaku mashg'ulotlarga qaytdi.

32 yoshli belgiyalik hujumchi avgust oyida boldiridan olgan jarohatidan keyin bugun ilk marta individual mashg'ulot o'tkazdi.

Lukaku 14 dekabr kuni bo'ladigan A Seriyadagi "Udineze"ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin. Oradan 4 kun o'tib, Neapol jamoasi Italiya Superkubogi doirasida "Milan"ga qarshi bahs olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Pazzi di Fanta