

"Opta Sport" statistik portali xabariga ko'ra, Yamal 19 yoshga to'lguniga qadar ham Evro (2024 yilda), ham jahon chempionati (2026 yilda) bosh sovrinini qo'lga kiritgan futbol tarixidagi ilk o'yinchiga aylandi.
Yamal yakuniga etgan jahon birinchiligining barcha sakkizta uchrashuvida qatnashib, bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Germaniyada o'tgan Yevropa chempionatida esa Lamin ettita o'yinning barchasida qatnashib, o'z hisobiga bitta gol va to'rtta golli uzatmani (shu jumladan, final uchrashuvidagi golli pas) yozdirib qo'ygan edi.



