

"Manchester Yunayted" - "Sabah" 4:0
Gollar: 27 - Mateus Kunya, 42 - Brunu Fernandesh, 45 - Benyamin Sheshko, 68 - Lisandro Martines
“Manchester Yunayted”: 1. Senne Lammens, 15. Leni Yoro, 6. Lisandro Martines, 3. Nussayr Mazraui, 37. Kobbi Maynu (17. Andrey Santos, 64’), 18. Yuri Tilemans (7. Meyson Maunt, 46’), 19. Brayan Mbemo (31. Shi Leysi, 72’), 8. Brunu Fernandesh, 13. Patrik Dorgu (41. Xarri Amass, 72’), 10. Mateus Kunya, 30. Benyamin Sheshko (11. Joshua Zirkzee, 64’).
Zaxira: 12. Karl Darlou, 45. Dermot Mi, 2. Diogu Dalo, 5. Xarri Maguayr, 26. Eyden Xeven, 9. Markus Reshford, 39. Tayler Fletcher.
“Sabah”: 92. Stas Pokatilov, 80. Akim Zedadka (33. Junior Almeyda, 75’), 5. Raxman Dashdamirov, 27. Timoteush Puxach, 4. Eyden Makkarti, 7. Umarali Rahmonaliev (6. Abdulla Xaybulaev, 71’), 13. Ivan Lepinica, 8. Kristian Nvachukvu (99. Orfe Mbina, 46’), 21. Velko Shimich (37. Du Keyros, 76’), 20. Joy-Lens Mikkels, 11. Kaxim Perris (10. Aleksey Isaev, 63’).
Zaxira: 1. Amin Ramazanov, 94. Revan Mirzemmedov, 17. Tellur Myutellimov, 16. Rauf Ryustemli, 88. Rodrigu Fernandesh, 89. Jafar Muxtarov.
Ogohlantirishlar: 62 - Patrik Dorgu, 67 - Ivan Lepinica
90+3. O'yin yakunlandi.
90+1. Mikkelsning uzatmasidan so'ng Mbina bosh bilan to'pni darvozaga yo'lladi, ammo birozgina noaniq ketdi…
90. “Old Trafford”ga kelgan muxlislar natija aniq bo'lgach stadionni tark etishmoqda, tribunalar ancha bo'shab qolishdi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
89. Xaybullaevning darvoza tomon yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni MYU himoyachilari qaytarishdi.
86. Mikkelsdan xavfli zarba bo'ldi, ammo noaniq ketdi…
82. Oxirgi daqiqalar o'tmoqda, MYUning zaxiradan tushgan futbolchilari harakat qilmoqda asosan.
72. Buyog'iga endi MYU muxlislari mazza qilib futbol ko'rishlari, ertaga ishga kech qolishini o'ylaydiganlar uxlashlari mumkin :)
71. Ayni shu chog'da Umarali Rahmonaliev zaxiraga olindi.
71. Uchrashuvda har qancha yirik hisob qayd etilmasin, temp tushmayapti.
69. O'yin taqdiri hal!

68. GOL! Lisandro hisobni yiriklashtirdi! Brunu jarima zarbasidan to'pni havolatib Zirkzeega uzatdi, uning tovon bilan bergan zarbasini himoyachi qaytardi, so'ng to'p Martinesga keldi va u gol urdi! “Sabah” himoyasi-yu, darvozaboni ojiz qoldi!
66. Zirkzeening chamasi 25 metrlardan erlatib bergan zarbasidan so'ng to'pni Stas ushlab oldi.
63. Puxachning jarima zarbasidan tepgan to'pi birozgina noaniq bo'ldi…
61. Endi Fernandeshdan xavfli zarba, Stas o'z o'rnida!
61. Kunyaning erlatib bergan xavfli zarbasini Pokatilov qaytardi!
58. Mazrauining uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
54. Umarali Rahmonalievning uzoqdan yo'llagan zarbasini MYU himoyachisi “blok” qo'ydi.
49. Ozarbayjon jamoasi yaxshi boshladi bo'limni, ammo xavfli hujum yarata olishmayapti.
46. Bo'lim avvalida har ikki jamoada bittadan o'zgarish amalga oshirildi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. GOL! Sheshko hisobni yiriklashtirdi! Mbemoning uzatmasidan keyin Benyamin birga-bir vaziyatga chiqib borib, darvozabonni aldab, gol urdi!
44. Yana MYU oldinga o'tmoqda, jamoa tinmayapti.
43. “Sabah” uchun maqul bo'lmagan hisob kuzatilmoqda, jamoa hujumlarga borarmikin?!

42. GOL! Brunu hisobni oshirdi! Tilemansning zargarona uzatmasidan so'ng Fernandesh to'pni darvozaga kiritdi.
40. Fernandeshning uzoqdan tepgan to'pi aniq bo'lmadi.
36. “Sabah”dan xavfli vaziyat! Mikkels bosh bilan zarba berdi, ammo biroz noaniq ketdi…
33. Sheshko juda qulay vaziyatdan gol ura olmadi…
29. Lepinicaning uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p raqiblarga tegib, Lammensning qo'liga borib tushdi.
28. MYU nihoyat maqsadiga erishdi, buyog'iga endi “Sabah” faollashishi kerak.

27. GOL! Kunya hisobni ochdi! Dorguning chapdan uzatgan to'pini Mateus darvozaga kiritdi!
25. Mbemoning uzoqdan yo'llagan zarbasidan keyin to'pni Pokatilov qaytardi.
23. Brununing Sheshkoga uzatmasidan so'ng raqib himoyachilari to'pni maydon chetiga tepib yuborishdi.
22. Ozarbayjon klubi yaxshi tayyorlanibdi bu bahsga. Xotirjam o'yin o'tkazishmoqda.
19. Fenandeshning zarbasidan so'ng to'p Lapinicaga tegib, maydon chetiga chiqib ketdi.
15. Ozarbayjon jamoasi himoyachilari yaxshi harakat qilmoqda, hozircha MYU hujumchilari aytarli zarba benra olishmadi.
10. Mazrauining o'tkir burchakdan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.
8. Kunyadan ilk zarba ko'rdik, bu safar Stas to'pni qaytardi!
6. “Sabah” oldinga o'tgandi, Perrisnning uzatmasidan so'ng to'p Dorguning qo'liga tegdi, ammo bosh hakam o'yin qoidasi buzilmaganini bildirdi.
4. To'p nazoratini “Sabah” o'ziga olmoqchi, biroq sal qolsa darvozabon to'pni yo'qotib, MYUga berib qo'yishi mumkin edi.
1. O'yin boshlandi!
Ananaga muvofiq, o'yindan avval Nepalda yuz bergan vojea munosabati bilan bir daqiqalik sukut saqlanmoqda.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni YCHL 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Sabah" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



