

O'yin 18 dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi, boshlanish vaqti – Moskva vaqti bilan 22:00.
"Bu chempionat o'yinlariga qaraganda mutlaqo boshqacha o'yin bo'ladi. Superkubok – bu pley-off (yutqazgan chiqib ketadigan) o'yini va maqsad bitta – finalga chiqish.
"Napoli" [ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng] juda g'azabda bo'ladi. Ularda ham maqsad biznikidek. Bizni taktik jihatdan yaxshi o'yin kutmoqda.
Konte qiyin paytlarda o'yinchilarning bor kuchini ko'rsata oladi, shuning uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarga ruhiy jihatdan juda yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.
Fofana ixtiyorimizda. Leauning holatini bugungi mashg'ulotdan so'ng baholaymiz. Salemakers jamoaga balans beradi – u hujumda ham, himoyada ham harakat qiladi. Atekame va Yashari tiklandi va bizga bir nechta variantlarni taqdim etishlari mumkin", – dedi Allegri o'yin oldi matbuot anjumanida.



