Abdumavlon Abdujalilov: "Buxoro" bizning xato qilishimizni kutdi, ular oson raqib emas"
18 avg 13:45
Yangiliklar
Abdumavlon Abdujalilov: "Buxoro" bizning xato qilishimizni kutdi, ular oson raqib emas"
- O'yin haqidagi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...
- Bugungi o'yin yaxshi emociyalar bilan esda qoldi. O'yin qiyin o'tdi, sababi mag'lubiyatdan keyin shunday jarayon bo'lishini bilardik. Eng muhimi, oxirigacha kurashdik. Menimcha, g'alabaga haqli o'yin namoyish etdik.
- Bugun o'yin davomida "Bunyodkor"da ehtiyotkorlik haddan ortiq kuzatildi. Bunga sabab nima?
- Bu oxirgi o'yin bilan bog'liq deb o'ylayman. Oddiy vvaziyatlarda xatolarga yo'l qo'ygandik. Xato ustida ishlash deganda, ularni takrorlamasak nazarda tutiladi. O'ylashimcha, raqib jamoa o'yini bizning kutish asnosida qurilgandi. Xato qilsak, qarshi hujum tashkillashtirishga urinishdi. Ularga imkoniyat bermaslik uchun ehtiyotkor o'yin namoyish etishga majbur bo'ldik.
- "Buxoro"ni "Bunyodkor" uchun qulay raqib deyishimiz mumkinmi? Sababi, Superligadagi ikki o'yinda, qolaversa, kubok bellashuvida "qaldirg'ochlar"ning qo'li baland keldi?
- Superligada hech qaysi jamoa bir-biriga qulay raqib hisoblanmaydi, sababi peshqadamlar oddiy o'yinlarda ochko yo'qotishmoqda. Oxirgi o'rindagi jamoalar yuqori o'rindagilardan ochko tortib olishmoqda. "Buxoro" bilan o'yinlarimizni qaraydigan bo'lsa, ikki o'yinda oxirgi daqiqalarda urilgan gollar evaziga g'alaba qozondik. 3:0, 4:0 hisoblarida yutqazgan jamoani oson raqib deyish mumkindir, "Buxoro"ga nisbatan bu tarifni ishlatib bo'lmaydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar