"Qayrat" "Seltik" to'sig'idan o'tsa, necha million dollar ishlab oladi?
21 avg 2025 15:16
Yangiliklar
"Qayrat" "Seltik" to'sig'idan o'tsa, necha million dollar ishlab oladi?
Kecha Qozog'istonning "Qayrat" klubi Evropa chempionlar ligasi pley-off bosqichida Shotlandiyaning "Seltik" klubiga qarshi o'ynadi.
Shotlandiyada o'tgan birinchi bahsda 0:0 hisobi qayd etildi.
26 avgust kuni Qozog'istondagi javob o'yinida "Qayrat" g'alaba qozona olsa ECHL asosiy liga bosqichiga yo'llanma oladi.
UEFA ECHL liga bosqichiga chiqqan har bir klubga o'tgan mavsumda 18 620 000 evro to'lab bergan. Bu bosqichdagi har bir g'alaba uchun 2 100 000 evro, durang uchun 700 000 evro beriladi.
Bordiyu "Qayrat" "Seltik"ni yuta olmasa Evropa ligasi asosiy liga bosqichida ishtirok etadi. Bu kafolatlangan. UEFA Evropa ligasi asosiy liga ishtirok etadigan har bir klubga 4 310 000 evro to'laydi. Har bir klub bitta g'alaba uchun 450 000 evro, durang uchun 150 000 evro ishlab oladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar